«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə169/371
tarix11.12.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#120811
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: mavjud texnika vositalari, jadvallar.
VI. Dars turi:_________________________________________
VII. Dars usuli:_______________________________________
VIII.Darsning borishi
IX.Darsning rejasi
1. Juft so’zlar haqida ma'Iumot.
2. Takroriy so’zlar haqida ma'Iumot.
3. Juft va takroriy so’zlarning imlosi.
4. Mashqlar ustida ishlash.
O’qituvchi darsning mohiyatini tushuntirishda, eng avvalo, juft va takroriy so’zlarning bir-biridan farqiga, ta'riflariga e'tiborni qaratmog'i lozim.
Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma'noli ikki o’zakning qo’shiluvidan tashkil topgan so’zlarga juft so’z, bir o’zakning ikki marta takrorlanishidan hosil bo’lgan so’zlarga takroriy so’z deyilishi uqtiriladi.
Har ikkalasining chiziqcha bilan yozilishi aytiladi.
1. Qing'ir-qiyshiq, baland-past, ota-bola, o’g'il-qiz, yaxshi-yomon.
2. Tog'-tog', baland-baland, katta-katta, uzun-uzun, taq-taq.
Juft so’zlar va ularning imlosiga bag'ishlangan 318-319-mashqlar berilgan shartlarga mos ravishda ishlanadi. Masalan: 320-mashqda juft so’zlarning birinchi qismi berilib, ularning ikkinchi qismini topish so’ralgan. Mashq quyidagicha bajariladi.
Ona-bola, mayda-chuyda, baland-past, daftar-kitob, erta-kech, besh-olti, qing'ir-qiyshiq, keldi-ketdi, u-bu, ekin-tikin.
Takroriy so’zlar uchun ajratilgan 322-323-mashqlar ham yuqoridagi kabi bajariladi.
324-mashqda takroriy so’zlarni so’z turkumlari bo’yicha guruhlab yozish so’ralgan.
1. Ot: mish-mish...
2. Sifat: chippa-chin...
3. Son: ming-ming...
4. Olmosh: hamma-hammaga...
5. Taqlid so’z: duv-duv...

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   371




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin