«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə175/371
tarix11.12.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#120811
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Tarqatma materiallar quyidagicha bo’lishi va qo’Ilanishi mumkin:
1. Turli jurnal va gazetalardan olingan ma'rifiy xarakterdagi rasmlar.
2. 2-3 ta test topshirig'i yozilgan kartochkalar.
3. Grammatik topshiriqlar berilgan kartochkalar.
4. Kichik hajmli estetik talabga javob beruvchi narsa-buyumlar.
O’qituvchi ijod qilib yana boshqalarini qo’shishi mumkin.
Dars avvalida yoki darslikdagi mashqlar orasida 4-5 o’quvchiga suratlarni, ayrimlariga test topshirig'ini, yetguncha yana boshqa tarqatmalar ulashiladi. O’quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajaradilar:
1. Qo’lingizdagi rasmga qarab kichik matn tuzing. Unda mustaqil va yordamchi so’zlarni qo’shma, juft hamda takroriy shaklda qo’llang.
2. Testlarda mavzuga oid topshiriqlar bo’ladi.
3. Uchinchi tur tarqatma materialda quyidagicha topshiriq bo’lishi mumkin: Gaplarni o’qing. Mustaqil va yordamchi so’zlarni ajrating. Ularga savol bering.
4. Sizga berilgan narsaga (barg, olma, gugurt, qalam...) qarab matn (gaplar) tuzing, ularda yordamchi so’zlar ishtirok etsin.
Tarqatma yetmagan o’quvchilar darslikdagi mashqlardan birini bajarib turadilar. Tarqatmalar, mashqlar o’quvchining iqtidoriga qarab beriladi. Bu o’rganuvchilar bilan individual ishlashning samarali usullaridan hisoblanadi. O’quvchi iqtidorini o’stirish, individual yondashib baholash orqali ruhlantirib, fanga qiziqishini oshirishda bu usul ahamiyatlidir.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   371




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin