*520-mashq. Kundalik hayotimizda faol ishlatilayotgan olinma so‘zlarga misollar keltiring. 521-mashq. Yasovchi qo‘shimchalar hamda so‘zlar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan yangi so‘zlarga misollar keltiring. 522-mashq. Uyga topshiriq. O‘qing. Olinma so‘zlarni aniqlang. Qaysi belgilariga ko‘ra olinma so‘z deb hisoblayotganingizni tushuntiring. l.Biznes bilan shug‘ullanish uchun ham bilim, qunt, mehnat, eng asosiysi, halollik kerak. 2.To‘g‘on tepasida elektr payvandchilar ishlayapti. (Said Ahmad) 3. Men pediatr bilan veterinarlarga qiyin desam, ba'zan terapevt ham qiyin ahvolda qolar ekan. (Abdulla Qahhor) IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________ «Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________ Mavzu: 173-dars. ESKIRGAN SO‘ZLAR
Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya: – o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.