Tilimizdagi so‘zlarning alifbo tartibida joylashtirilishiga lug‘at, lug‘at tuzish qoidalarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasiga esa lug‘atshunoslik (leksikografiya) deyiladi.
555-mashq. «U kim? Bu nima?» bolalar ensiklopediyasidan olingan parchani o‘qing. Qomusiy lug‘atlarda nimalarga e'tibor berilar ekan? Shu haqda o‘ylab ко'ring.
Samolyot.
Odamlar asrlar bo‘yi osmonga ko‘tarilish va balandga uchishni orzu qilganlar. Texnika taraqqiyoti tufayli odamlarning bu orzusi ro‘yobga chiqdi. 1884-1885-yillarda rus dengiz zobiti A. Mojayskiy birinchi uchish moslamasini yaratdi va o‘zi yasab, sinovdan o‘tkazdi. Uning samolyoti, albatta, hozirgi zamonning qudratli mashinalaridan keskin farq qiladi.
556-mashq. «O‘zbek tilining imlo lug‘ati»dan olingan quyidagi so‘zlarning yozilishiga diqqat qiling, ularni daftaringizga ko‘chirib yozing. Imlo lug‘atlarining tuzilishi haqida bahslashing.
Ahil (inoq), ahl (ilm ahli), ahmoq, ahvol, ahyon-ahyonda.
557-mashq. Quyidagi so‘zlarni alifbo tartibida yozib chiqing. Bu tartibdan qanday lug‘atlarda foydalaniladi? Shu haqda fikr yuriting.
Asr, dorivor, ajabo, transport, raqobat, sun'iy, zerikmoq, hunar, kasb, ahd, latta, eski, sadaqa, tuman, hidoyat, baquvvat.
Savol va topshiriqlar
1. Lug‘at deb nimaga aytiladi?
2. Lug‘atshunoslik deganda nimani tushunasiz.
558-mashq. Uyga topshiriq. «Botanika» darsligingizning oxirgi qismida berilgan o‘simliklar ro‘yxatiga qarang. Berilish tartibiga diqqat qiling. Uni lug‘at deyish mumkinmi? Shu haqda bahslashing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________
«Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________
Mavzu: 185-dars. LUG‘AT TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH
Dostları ilə paylaş: |