Ma'nodosh so‘zlar bir umumiy ma'noni ifodalasa ham, shu umumiy ma'noni qanday ifodalash nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq so‘zlari so‘zlash umumiy ma'nosi bilan bir xil bo‘lsa ham, ular ovozning baland-pastligiga ko‘ra farq qiladi. Shuningdek, to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq, vaysamoq, javramoq so‘zlari ham so‘zlash umumiy ma'nosi bilan yuqoridagi so‘zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi Irod etmoq, bayon etmoq singari so‘zlar kitobiy uslubga xoslanishi bilan farqlanadi. Ko‘ryapsizki, bir ma'noni o‘zingizning maqsadingizga muvofiq bir necha so‘zlardan bittasini tanlash orqali ifodalash mumkin. Bu bilan nutqning ta'sirchanligini oshirish orqali so‘z sehrini namoyon qilishga erishiladi IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________ «Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________ Mavzu: 200-dаrs Eskirgаn vа yangi so’zlаr. Ibоrаlаr vа tаsviriy ifоdаlаr. Lug’аtshunоslik Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;