«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə55/371
tarix11.12.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#120811
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: savollar to’plami, gaplar yozilgan plakat.
VI.Darsning rejasi:
1. Tezyurar o’yini.
2. "Gapni o’zgartir" musobaqasi.
3. "Xatosini top" musobaqasi.
4. Zukkolar bellashuvi.
Musobaqa shaklida o’tkaziladigan ushbu darsning tartibi darslikda berilgan. Sinf musobaqada to’rt guruhga bo’linishi kerak. Guruhlarga bo’linishni o’qituvchi zinhor o’quvchilar ixtiyoriga berib qo’ymasligi kerak, chunki bir guruhda kuchli o’quvchilar, ikkinchisida kuchsiz, boshqalarida o’rtachao’qiydiganlarto’planib qolishi mumkin. Undaoldindan musobaqa natijasi aniq bo’lib, o’quvchilarning qiziqishi, intilishi susayadi. Shuning uchun o’qituvchi avvaldan kuchlarni teng taqsimlagan holda guruhlarga bo’lib qo’ygan bo’lishi vabuni dars boshlanishida e'lon qilishi lozim.
1-bosqich «Tezyurar» o’yini uchun o’qituvchi har bir bolaga yetadigan (hatto ortig'i bilan) savollar bankini yozib kelishi kerak. Savollarni har bir bolaga uning bilimi, saviyasi, fikrlash qobiliyatidan kclib chiqib berish lozim. Har bir o’quvchiga qobiliyatiga qarab, kuchlilarga qiyinroq, kuchsizlarga osonroq savollar berish, ya'ni iloji boricha hammaning javob berishigaerishish kerak. Bu o’quvchilar ruhiningko’tarilishiga, faolligining oshishiga olib keladi. Yo’qsa guruhdoshlari ichida yuzi shuvut bo’lib, ruhi cho’kishi mumkin.
2-bosqich topshirig'ini o’quvchilar o’z guruhi bilan birga bajaradilar. Sinfdagi o’quvchilarning imkoniyatidan kelib chiqib, vaqt belgilanadi. Topshiriqni bajarganda gapning ifoda maqsadlari o’zgarib, mazmuni saqlanib qolishiga o’qituvchi asosiy e'tiborni qaratish kerak. Vaziyatdan kelib chi­qib, qo’shimcha vaqt ham berish mumkin.
3-bosqichda xatosini tuzatish lozim bo’lgan gaplarning qiyinlik darajasi bir xil bo’lishi kerak. Aks holda qaysidir guruhda norozilik kaytlyati tug'ilishi ehtimoli bo’ladi. Gaplarquyidagichabo’lishi mumkin:
1. Xasan bilan sodiq qattiq eshitilgan tovushdan cho’chip tushdilar? To’g'risi: Hasan, Sodiq, qattiq, cho’chib, nuqta (.)
2. Yurt boshimiz hamma bolalarni mening farzanlarim demaganmidi.
lo’g'risi: Yurtboshimiz, hamma, farzandlarim, so’roq belgisi (?)
3. Baland binodan katta kichik bolalar chiqib keldilar?
To’g'risi: Baland, katta, chiqib, nuqta (.)
4. Ex, Sobir siz uchun gullar olibdi. To’g'risi: Eh, Sobir, uchun, gullar, undov belgisi (!)
5. Bola uyga berilgan she’rni yod olibdimi! To’g'risi: Bola, she'rni, yod, olibdimi, so’roq belgisi (?)
Har bir guruh o’ziga berilgan gapni sinchkovlik bilan o’qib, qaysi so’zda qanday xato borligini topib, tahlil qilib berishi kerak.
To’rtinchi bosqichga har bir guruh o’z vakilini tavsiya etadi. Bu shart savodxonlikni targ'ib qilishning yaxshi usulidir.
Beshinchi bosqichda g'olib guruhning barcha a'zolari, qolgan guruhlarning faol a'zolari «a'Io» baho bilan taqdirlanadi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   371




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin