«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə11/371
tarix11.12.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#120811
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: bir tovush bilan farqlanadigan so’zlar juftligi berilgan plakat.
Darsning rejasi:
1. Bir tovush bilan farqlanuvchi so’zlar haqida tushuncha.
2. Bu so’zlarning imlosi va ma'nosi.
Bu mavzu keyinchalik asosiy kursda «Paronim so’zlar» atamasi bilan o’rganiladi. Ushbu darsdan asosiy maqsad quyi sinflarda bo’lganidek o’quvchilar savodxonligini oshirishdir. Aynan shu kabi so’zlarni ko’pchilik talaffuziga ko’ra yoki ma'nosini yaxshi tushunmaganlaridan xato yozadilar. Shuning uchun dars davomida so’zlarning to’g'ri yozilishi shaklini ularning ma'nosiga bog'lab o’rgatish kerak. Mashqlar va topshiriqlarga qo’yilgan shartlar bir-biriga yaqin, ba'zan bir xil ham, lekin ularni bajarishda turli xil usul va shakllardan foydalanish kerak. Sababi bir xillik o’quvchini zeriktiradi, natijada darsga, mavzuga nisbatan loqaydlik yuzaga kelishi mumkin. Bir tovush bilan farq qiladigan so’zlar ma'nosi va imlosini o’rganishda quyidagi usullarni tavsiya etamiz.
I. O’qituvchining tushuntirishi, izohi. Bu, albatta, darsda takrorlash uchun berilgan savollar muhokamasida yoki mashqni bajarish asnosida zarurat tug'ilganda qo’llanadi, o’quvchi izohlashi, javob berishi mumkin bo’lgan hollarda o’qituvchi «chekinib», kuzatuvchi va boshqaruvchi vazifasini bajaradi.
2.0'quvchining so’z shakli, imlosi va ma'nosini og'zaki izohlashi. Masalan: qatiq - sut mahsuloti, qattiq - biror narsa yoki jismning qattiqligi.
3. Mashqni daftarda va sinf taxtasida yozma bajartirish. Bunda xatolar sinf taxtasida hamma o’quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda muhokama qilinadi.
4. So’zlarning ma'nodoshlarini topish orqali ularni izohlash. Masalan: urush -jang, urish - mushtlashish, dahanaki jang.
5. So’zlar juftligidagi bir so’zning ma'nodoshini yoki ikkinchi so’zning zid ma'noli juftini keltirish. Masalan: yod-yot: yod-xotira, yot-qarindosh.
22
Bu usullarni qo’llash imkoniyatidan kelib chiqib, mashqlarga yoki so’zlarga ularning barchasini yoki ayrimlarini tatbiq qilish mumkin.
Nofaol o’quvchilarni savollar bilan darsga jalb qilish, ularga bir oz oshirib baho qo’yish mumkin.



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   371




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin