Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarning borliqdagi nimalarni bildirishini ayting. Gul, daftar, o‘rik, piyoz, qor.
2-topshiriq. Hayvonlarni bildiruvchi o‘nta so‘z yozing. Bu so‘zlarning bir-biridan qanday hayvonni bildirishiga ko‘ra farqlanayotganini ayting.
So‘zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi- xususiyatlar, harakat-holatlarni bildirishi uning atash ma'nosi sanaladi.
Faqat mustaqil so‘zlargina atash ma'nosiga ega bo‘ladi. Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma'nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi.
479-mashq. Gapning mazmunidan kelib chiqib, nuqtalar o‘rniga mcs keladigan so‘zlarni qo‘yib ko‘chiring.
Namuna: Shoshilayotgan odam... yuradi. -Shoshilayotgan odam tez yuradi.
1. ... manzarani ко'rib ko‘z quvnaydi. 2. Sumalak - xushxo‘r va tansiq .... («O‘zbek taomlari»dan) 3. Qadim zamonda Chin mamlakatida bir ulug‘ xoqon ... ekan. (Navoiy)
Тауanсh so‘zlar: to‘p, futbol, sport, kurash, musobaqa, shaxmat, jamoa, o‘ynamoq, sog‘lom, o‘smoq, yugurmoq, tepmoq, e'tibor bermoq, rivojlanmoq, tomosha qilmoq
481-mashq. Quyida berilayotgan so‘zlarning atash ma'nolarini izohlang.
Yugurmoq, bino, kollej, yashil, beshinchi, kutmoq, baland, uchta, qalam, javob bermoq, chiroyli, sakramoq, sakkiz, ikki, quvnoq, aytmoq, o‘n ikki, deraza, o‘ntacha.
Savol va topshiriqlar
1. Atash ma'nosi deb qanday ma'noga aytiladi?
2. Qanday so‘zlar atash ma'nosiga ega?
3. Oltita mustaqil so‘z yozib, ularning atash ma'nolarini ayting.
Dostları ilə paylaş: |