527-mashq. Gaplarni o‘qing. Tilimizda yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni toping, ularning qaysi sohalarda ishlatilishiga diqqat qiling. l.Qisqa vaqt ichida gimnaziyaga zamonaviy kompyuterlarkeltirildi, ular internet tarmog‘iga ulandi. 2. Kasb-hunar kolleji o‘tgan yili 220 nafar malakali mutaxassislami qaynoq hayotga kuzatdi. 3. Bakalavr to‘rt yiUik oliy ta'lim bosqichini o‘tagan mutaxassis bo‘lsa, magistr bakalavr bosqichidan keyingi ikki yillik mutaxassislik kursini o‘tagan shaxsdir.
(«Ma 'rifat») 528-mashq. Kompyuter bilan bog‘liq monitor, «sichqoncha», «kuchukcha», internet so‘zlari bugungi kunda keng qo‘llanmoqda. Ulardan qaysi birining ma'nosini izohlay olasiz? 529-mashq. Ko‘chiring. Yaqin o‘tmishda qo‘llanmagan yoki boshqacha nomlar bilan atalgan so‘zlarning ostiga chizing. l.Fermer xo‘jaliklari soni tobora ortmoqda. («Xalqso‘zi») 2. Har bir tuman va shaharlarda yangi o‘quv muassasalari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. 3. «Oqtosh» oromgohi Toshkent viloyatida joylashgan. U yerdagi o‘yingohda bolalarning sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. 4. Keyingi yillarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimiz safi tobora kengaymoqda
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.