Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori:Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Ma'lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma'noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlarga atama deyiladi.
Atamalar qo‘llanishiga ko‘ra ilmiy atamalar va kasbiy atamalarga bo‘linadi.
Ma'lum bir fan doirasida qo‘Ilaniladigan atamalar ilmiy atamalar hisoblanadi. Atamalar ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi. 1. Umumxalq tilidagi so‘zlardan ma'nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilinadi. Natijada bunday so‘zlar umumxalq tilida bir ma'noni, fan tilida esa boshqa ma'noni bildiradi. Ma sal an: ot, ildiz, hol, fe'l. 2. Boshqa tillardan ilmiy tushuncha uchun atama olish orqali. Bular faqat shu fan sohasidagina ishlatilib, umumxalq tilida ishlatilmaydi. Masalan: kasr, musbat, manfiy. Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma'noni ifodalash uchun qo‘llaniladigan so‘zlarga kasbiy atama deyiladi.
Bir tilning faqat ma'lum hududiga xos bo‘Iib, boshqa joylarda o‘zgacha nom bilan yuritiladigan so‘zlar shevaga xos so‘zlar sanaladi. Bu so‘zlardan bittasi umumxalq tili bo‘lgan adabiy til uchun qabul qilinadi va ana shu so‘z adabiy til uchun me'yor sanaladi.