I BOB. ONA TILI DARSLARIDA O`QUVCHI SOZ BOYLIGINI O`STIRISH USULLARI 1.1. Ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari haqida ma’lumot Maktab o’quvchilarining nutqini o’stirishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Ona tili darslarida o’quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o’stirishda kichik-kichik parchalarni o’qish, ifodali o’qish, maznunini o’zlashtirish, hikoya qildirish va yozma ish turlari: diktant, bayon va inshodan foydalaniladi.
Maktablarda o’quvchilarning savodxonligini aniqlash uchun tekshiruv diktant, tekshiruv bayon va tekshiruv insho, og’zaki va yozma nutqini o’stirish, tafakkurini rivojlantirish uchun dars jarayonida o’tkaziladigan har xil mashqlar bilan birga, ta`limiy diktantlar, shuningdek, maxsus darslar – ta`limiy bayon va ta`limiy insho darslari ham o’rkazilib kelinmoqda.
“O’zbek tili nutq madaniyatiga oid masalalar” nomli to’plam o’zbek tili nutq madaniyatiga bag`ishlangan birinchi respublika tilshunoslik konferesiyasi materiallarini qamrab oladi. Konferensiya 1990- yil 27-29 may kunlari Toshkentda O’zbekiston fanlar akademiyasida bo’lib o’tdi. To’plamga konferensiyada tinglangan ma’ruzalar va so’zga chiqqan o’rtoqlarning materiallari kiritilgan.
1991-yilning 12-13-aprelida Samarqand shahrida “O’zbek tilini o’rganish va o’qitishni qayta qurish hamda takomillashtirishning dolzarb masalari”, 1993-yilning 8-9-aprelida Qarshi sharida “Ta`lim bo’g`inlarida ona tili o’qitish mazmunini yangilash asoslari”, 1995-yilning 7-8 aprelida Jizzax shahrida “Ta`lim jarayonida so’z boyligini oshirishning asosiy omillari”, 1997-yilning 11-12- aprelida Toshkent shahrida “Ta`lim jaroyonida matn ustida ishlashning asosiy omillari”ga bag`ishlangan o’zbek tili doimiy anjumanining to’rtinchi yig`ini bo’lib, unda 193 maruza o’qilgan. Bundan tashqari 1999, 2001, 2003, 2005, 2007, 2009, 2011 yillarda ham o’zbek tili doimiy anjumani yig’ilishlari bo’lib o’tgan. Ulardagi mingdan ortiq ma’ruzalar ona tilimizni rivojlantirishga bag’ishlangan.
O’zbek tili doimiy anjumaning IV yig`inida o’qilgan ma`ruzalar haqida 1998-yilda nashr etilgan. “Ona tili darslarida nutq o’stirish” nomli metodik qo’llanmada ma`lumot berilgan. 1999-yilning 29-30-aprelida Buxoro shahrida “Ta`lim jarayonida nutq madaniyatini takomillashtirish masalalari” ga bag’ishlangan o’zbek tili doimiy anjumanining B. Qosimova “5 sinfda sinov dasturi asosida o’qiyotgan o’quvchilar nutqini iboralar bilan boyitish”, A. G’ulomov “Ona tili mashg’ulotlariga o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish imkoniyatlari”,
Sh. Shokirova, D. Boysunova ona tili “Sinov darsliklarida nutq o’stirish tamoyillari”, R. Boborahmatova, G. Matnazarova “5-sinfda “Fonetika”ni o’rganishda o’quvchilarning og’zaki nutqi ustida ishlash”, S. Xo’jayeva “Ona tili darslarida xalq maqollari orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish”, Z. Matqulieva “Ona tilidan sinov darsliklari asosida ishlash jarayonida o’quvchilar nutqini rivojlantirish”, D. Ortiqova “Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish usullari”, G. Xudoyberganova “Ona tili darslarida o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish usullari”, X. Qambarov, D. Shodmonova “O’quvchilar nutqidagi sheva va kasb- hunarga xos so’zlar ustida ishlash usullari”, D. Yo’ldosheva, M. Baqoxo’jayeva “O’quvchilar nutqini o’stirishda talaffuzi yaqin so’zlardan foydalanish”, X. Abdullayev “Ona tili darslarida o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish usullari’, F. Rahmatova “Leksikalogiya bo’limini o’rganishda o’quvchilar nutqi ustida ishlash omillari”, S. Safarova “Fe’lning ma’noviy guruhlari” mavzusini o’rganishda o’quvchilar nutqi ustida ishlash, A. Sayfullayeva “Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini o’stirishning metodik asoslari”, Sh. Safarova “Matn –nutqni rivojlantirish vositasi”, Z. Yunusova “Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish” mavzularida ma’ruza qilganlar.
Maktab o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, tafakkurini rivojlantirishga bag’ishlanib chop etilgan asarlar, metodik qo’llanmalar, broshyuralar, maqolalar va tezislarga qisqa to’xtalishni lozim topdik.
“Memодика изучения местоимений в узбекской школе” nomli aftoreferat kirish, uch bob va xulosadan iborat bo’lib kirishda mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari bayon qilinadi. Birinchi bobda o’zbek maktablarida olmoshning o’qitilish ahvoli, dastur va darsliklar haqida ma’lumot berilib, mavzuga doir lingvistik va metodik adabiyotlarga munosabat bildiradi. Ikkinchi bobda olmoshni o’rganish jarayonida o’quvchilar nutqida uchraydigan xatolar va ularni tuzatish yo’llari o’z ifodasini topgan. Uchinchi bobda maktabda “Olmosh” mavzuni o’rganish metodlari bayon qilinadi, ularning turlari har xil usullar bilan mustahkamlanadi.
“Методика изучения служебных слов в 6 классе узбекской школе” nomli avtoreferat maktabda yordamchi so’zlar ko’makchi, bog’lovchi, yuklamani o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, kirish ikki bob va xulosadan iboratdir. Kirishda ishning maqsadi va mazmuni qisqa bayon qilinadi. Birinchi bob “O’zbek maktablarida yordamchi so’zlarni o’rganish tarixi” ga bag’ishlanadi. Undan o’zbek tili dastur va darsliklari, lingvistik va metodik adabiyotlar tahlil qilinadi. Ikkinchi bob “O’zbek maktablarining 6-sinfida yordamchi so’zlarni o’rganish metodikasi” ga bag’ishlangan bo’lib, unda a\ ko’makchini o’rganish: bog’lovchini o’rganish; v\ yuklamani o’rganish metodikasi bayon qilinadi. Ish xulosalanadi.
“Nutq o’stirish mashg’ulotlari” nomli metodik qo’llanma kirish, uch bob xulosa va ilovalardan iborat bo’lib, undan o’quvchilar nutqini o’stirish muammolari, ona tilini o’qitish jarayonida nutq o’stirishning asosiy yo’nalishlari, til sathlarini o’rganishda nutq o’stirish imkoniyatlari kabi masalalar atroflicha bayon qilinadi. Uchinchi bobning “Morfologiyani o’rganishda nutq o’stirish” qismida so’zning lug’aviy manosi otli, fe’lli va ravishli birikmalari, so’z turkumlarining ma’no guruhlari morfologik uslubiy malakalar ustida ishlash. “Ot “, “Sifat”, “Son” va “Fe’l” so’z turkumlarini o’rganishda o’quvchilarni ot, sifat, son va fe’l uslubiyatiga doir bilim, malaka va ko’nikmalar bilan tanishtirish lozimligi ta’kidlanadi.
“Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini ko’makchili birikmalar bilan boyitish” nomli qo’llanma ko’makchili birikmalarning nutq o’stirishdagi ahamiyatini bayon qilish bilan boshlanadi. Metodik qollanmada 4-sinfda o’quvchilar nutqini ko’makchili birikmalar bilan boyitish yo’llari misollar orqali atroflicha bayon qilinadi. Shuningdek, 7-sinfda so’z birikmasi va gap bo’laklarini o’rganish jarayonida o’quvchilar nutqini ko’makchili birikmalar bilan boyitish usullari yoritiladi va har xil ish turlari-mashqlar bilan mustahkamlanadi.
“Maktabda taqlidiy so’zlarni o’rganish usullari haqida” nomli tezisda “O’zbek tili” darsliklarida taqliqiy so’zlar uzoq vaqtlar undov va taqlidiy so’zlar nomi bilan berilganligi, so’nggi yillarda undov va taqlidiy so’zlar nomi bilan berilganligi, aytiladi.
Taqlidiy so’zlar leksik xususiyatlariga ko’ra alohida guruhlarni tashkil etishi, bu so’zlar eshitish bilan, obrazga taqlid so’zlar ko’rish bilan aloqadordir. Taqlidiy so’zlarning mustaqil so’zlar kabi gapda aniqlovchi va kelishik qo’shimchalarini olib, gapda ega, kesim va to’ldiruvchi bo’lib kelishi haqida ma’lumot berishi lozimligi aytiladi, misollar keltirilib tushuntiriladi.
“O’quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishda bayonning ahamiyati” nomli tezisda yozish nuqtning og’zaki nutq asosida shakllanishi va rivojlanishi, bayon nutqning og’zaki va yozma shakllarining qo’shib birgalikda o’stiradigan ish turi ekanligi aytiladi. Shuningdek, ona tili darslarida yangi materialni mustahkamlash, nazariy qoidalarni amalda tadbiq etishda ta’limiy bayon turlarini vaqti-vaqti bilan o’tkazilib turish yaxshi samara berishi eslatiladi, 6-7-8-sinflarda o’tkaziladigan qo’shimcha topshiriqli bayon o’tkazish tavsiya etiladi. Shu bilan birga turliy mavzularda kichik bayon o’tkazish, o’quvchilar fikrlash qobiliyatini rivojlantirish mumkinligi aytiladi.
“Hodisalar, hikmatli so’zlar va o’yinlar orqali nutq o’stirish ” nomli tezisda “Hikmat”, “Hadis” so’zlarning ma’nosi tushuntiriladi. Muallif o’quvchilar nutqni o’stirishda hadislar va hikmatli so’zlardan foydalanganligi, turli o’yinlar orqali bolalar tafakkurni rivojlantirganligini bayon etadi.
“So’z yasalishi darslarni o’qitishda o’quvchilarning lug’at boyligini oshirish” nomli tezisda o’rta maktabning 5-6 sinflarda o’tkaziladigan so’z yasalishiga doir darslar haqida fikr bildiradi.
Muallif 5-sinfda “So’z tarkibini ” o’tkazish o’zak va o’zakdosh so’zlar, 6-sinfda so’z “So’z yasashlishi yo’llari”ni o’tganda yasama so’zlarning tarkibi qaysi tilga mansubligi va undan yasalgan so’zlarning o’zlanishganligi haqida tushuncha berish, lozimligini eslatadi. Traktor-chi, maktabdosh, aql-li, burd-siz so’zlarini keltirib, ruscha, arabcha, forscha asosdan yasalgan o’zbekcha so’z ekanligini tushuntiradi. Shuningdek, til-shunos, etikdo’z, do’ppi-furush, chizma-kash, bedanaboz so’zlariga o’zbekcha asosga forscha-tojikcha so’z yasovchi affikslar qo’shilib o’zbekcha so’z ekanligini aytadi.
“Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarning lug’at boyligini oshirishda sinonimlardan foydalanish”nomli tezisda muallif ona tili mashg`ulotlarida o’quvchilar nutqini o’stirish va lug`at boyligini takomillashtirish uchun tilning sinonimi imkoniyatlaridan foydalanganligini aytadi. Ayniqsa, leksika bo’limini so’zning o’z va ko’chma ma`nosi, ko’p ma`noli so’zlar, kam ishlatiladigan so’zlar, tasviriy ifoda va iboralarni o’rganish jarayonida sinonimlarni qo’llanganligini eslatadi. Shuningdek, so’z turkumlarini o’rganish jarayonida leksik sinonimlar /ot turkumi, sifat turkumi, fe`l turkumi, ravish turkumi/dan foydalanganligini tushuntiradi.
“Tarixiy atamalar vositasida o’quvchilar nutqini o’stirish” nomli tezisda tarixiy asarlarda, ayniqsa, B. Ahmedovning “Ulug`bek” asarida uchragan harbiy atamalar vositasida o’quvchilar nutqini o’stirish masalalari yoritilgan.
“Ona tili darslarida sistem – semantik mashqlar bajarish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirish”nomli tezisda muallif maktab o’quvchilarining nutqini o’stirish uchun ona tili darslarida sistem – semantik mashqlardan foydalanishni taklif etadi. Masalan: “Quvnoq” so’zining sinonimlari: quvnoq, xushchaqchaq; antonimlar; quvnoq – g`amgin, xafa, so’z yasalish paradigmasi bo’yicha; quvnoq, quvnoqlik, leksiksemantik munosabatlari bo’yicha tematik guruhni aniqlash, antonimlik, sinonimlik va so’z yasalish uyasi paradigmasiga qaraganda juda katta semantik qurshovni tashkil etadi.
“Gramatik tahlil-nutq o’stirish omillaridan biri” nomli tezisda muallif sifat so’z turkumi haqida o’quvchilarga ma`lumot berish jarayonida Grammatik tahlildan foydalanganligini quyidagicha bayon qiladi. “Bu kategoriyaning tarifiga, uning o’ziga xos xususiyatlariga tahlil jarayonida to’xtash qiziqarlidir” Ayrim misollar keltiramiz: Xushtabiat, dilkash, mehnatsevar kishi bo’lganidan hech kim uni yolg`on so’z bilan tilga olmas edi. /Darslik 109 bet/ bu gapdagi sifatlar tahlil qilinganda, o’quvchilarga 3-4 kartoshka tarqatiladi va quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi. “Xushtabiat” so’zining sinonimlarini toping. Berilgan gapda uni qo’yib ko’ring. Tahlil qiling. “Dilkash” so’zining omonimi bormi? Bo’lsa uning ishtirokida bir gap tuzing. Gap tarkibida qanday vazifani bajarmoqda; “Mehnatsevar” so’zini har tomonlama tahlil qiling. Uning antonimini toping. Antonimi ishtirokida gap tuzing.
“Ona tili mashg`ulotlarida modal so’zlarning ustida ishlash” nomli tezisda muallif 7-sinfda modal so’zlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilar lug`at boyligini oshirish borasida o’rgatish jarayonida o’quvchilar lug`at boyligini oshirish borasida olib borgan ishlari modal so’zlarning ma`nolari, gapda biror vazifani bajara olmasligi haqida ma`lumot beriladi. O’qituvchi: “O’quvchilarni modal so’zlar olamiga olib kirish qancha erta boshlan-sa, bolaning nutqiy taraqqiyoti uchun shunchalik samarali bo’ladi. Shuning uchun 5-sinfda “Leksikologiya”, 6 – sinfda “Morfologiya” bo’limlarini o’rganishda bu so’zlar ustida izchillik bilan ish olib borishga to’g`ri keladi”, – dedi. Xulosa: Maktabda modal so’zlarni o’rgatish jarayonida foydalangan usullar va mashqlar muallifining ish tajribasi sifatida bayon etilgan.
“Ona tili darslarida o’quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o’stirish” nomli tezisda muallif o’quvchilar o’zbek tili grammatikasi asoslarini og`zaki yozma nutq ko’nikmalarini, imlo va ishoraviy belgilar qoidalarini puxta o’rganib olmaganliklari sababli xatolarga yo’l qo’yishlarini eslatib, bu xatolarni bir necha bo’limda ko’zatadi va ularni tuzatish yo’llarini bayon qiladi: a/ Ona tili darslarida o’quvchilarni ko’proq lug`at ustida ishlatish; b/ har bir sinfda “Atamalar burchagi” faoliyatini kuchaytirish va yangi atamalar bilan uzluksiz ta`minlab borish; v/ har bir darsda tilimizda keyin paydo bo’lgan ayrim so’zlarni lug`at daftarlariga yozdirib borish. g/ uyga berilgan vazifalarni ham o’quvchilar og`zaki va yozma nutqini o’stirishga qaratish kabi.
“Matn tuzishda ta`limiy o’yinlardan foydalanish” nomli tezisda “Fe’l” bahsidagi “Fe`l mayllari”, “Fe’l zamonlari” va “Sifatdosh” mavzularini o’rganish jarayonida ta`limiy o’yinlardan faydalanish bayon etiladi. “Fe`l” bahsi o’rganilgandan so’ng “Quyosh va tabiat”, “Suv va hayot”, “Agar men sehrgar bo’lsam”, “Orzu qanotida” kabi mavzularda matn yaratish topshilirib, bajarilganligi aytiladi.
“Tasviriy ifoda” mavzusini o’tishda matn ustida ishlash” nomli tezisda
7 – sinfda ona tili darsida “Tasviriy ifoda” mavzusini o’tish jarayonida o’quvchilarni matn usida ishlashga o’rgatish bayon qilinadi. Muallif Oybek, Hamid G`ulom, Zafar Diyordan to’rtliklar yordamida tasviriy ifodalarni aniqlab chiqishni o’quvchilarga topshiradi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida bu topshiriqni bajarganliklari aytiladi.
“O’quvchilarni insho yozishga o’rgatish” nomli tezisda insho, uning ahamiyati , ona tili va adabiyot darslarida o’tkazilishi, rivoyat, inso, tasvir insho ustida uzluksiz ish olib borishi bayon etiadi. Muallif: “Rivoyat insho inshoning ancha oson va qulay turlaridan biri bo’lib o’quvchilar muayyan bir qiziqarli voqea, hodisa haqida fikr yuritadilar. Inshoning bu turi o’quvchilarning kuzatishlari, boshidan kechirgan voqea – hodisalari, sarguzashtlari, o’rtoqlaridan, katta yoshdagi kishilardan / ota – onasidan, qarindosh – urug`laridan / eshitgan voqealari asosida yozishi mumkin”deydi. U 7 sinfda rioyat, tasvir va ilmiy insholar o’tkazilganligi haqida, taqlidiy so’zlar o’tilgandan so’ng o’quvchilarga ilmiy insho yozish topshirilganligini aytadi. “ Matn ustida ishlash jarayonida o’quvchilar nutqini sinonimlar bilan boyitish” nomli tezisda “Ot”, “Sifat”, “Fe`l” mavzularini o’rganish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirish, tafakkurini rivojlantirish uchun matn ustida ishlashda ma`nodosh so’zlarni ishlatish bo’yicha o’z tajribasini bayon qiladi.
“Olmosh – nutq ravonligini ta`minlovchi vosita” nomli tezisda olmosh so’z turkumini o’rganishda o’quvchilar so’z boyligini oshirib va nutqini rivojlantirishni ikki yo’nalishda:
1) Olmoshning tilimizda mavjud bo’lgan ma`nodoshlari ustida ishlash.
2) Nutqiy sharoitda ot, sifat, sonni ularga ishora qiluvchi va bevosita shu ma`noni ifodalovchi olmoshlar bilan almashtirish orqali amalga oshirish mumkinligi haqida gapiriladi. Har bir ikki, yo’nalishni bjarish uchun misollar keltiriladi.
Olmoshni o’rganish jarayonida o’quvchilarning nutiqni rivojlantirish bir tomondan, ma`nodosh olmoshlar ustida ishlash orqali va ikkinchi tomondan ot, sifat, son va hakozo olmosh sinonimiyasini keng qo’llash bilan amalga oshirilishi bilan tezis xulosalaniladi.
“Sinov dasturi va darsligi asosida “Olmosh” mavzusini o’tish nomli tezisda o’qituvchi M. Sattorova 7 – sinfda “Olmoshlar” mavzusida 13 soat ajratilganligini aytib, olmoshlarga bag`ishlab bir soatlik dars manunasi o’z tajribasini bayon etadi. Bunda Mirtemirning “Ka’bamsan she`riyat” , Abdulla Oripovning “Munojatni tinglab” she`rlaridan parchalar keltirib, olmoshlarni toptirgani, ma`nosini aniqlatganligini aytadi. Dars yaxshi o’tganligini, ya`ni o’quvchilar faol qatnashganliklarini aytadi.
“Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini o’stirishning metodik asoslari” nomli tezisda ona tili darslarida nutq o’stirishning asosiy yo’nalishlarini to’rt guruhga ajratish lozimligini, ona tilining barcha bo’limlarini o’qitishda bu to’rt yo’nalishdagi ishlarga e`tibor berish masalan, “Fe`l” bahsini o’rganishda so’z birikmasi va gap ustida ishlash siyosiy o’rnini egallashi kerakligi bayon etiladi. Bir bosh bo’lakli sodda gaplarni ikki bosh bo’lakli sodda gapga aylantirish, harakat nomlari ishtirokida gaplar tuzish va ularni birikmalarga aylantirish, gaplarni sifatdosh birikmalarga aylantirish kabi mashq turlaridan foydalanish lozimligi aytiladi.