Ona tili darslarida o`quvchi soz boyligini o`stirish usullari mundarija


II BOB. O’QUVCHILARINING NUTQINI O’STIRISHDA INTERFAOL VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH



Yüklə 99,25 Kb.
səhifə7/15
tarix07.11.2023
ölçüsü99,25 Kb.
#131208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Ona tili darslarida o`quvchi soz boyligini o`stirish usullari mu-fayllar.org

II BOB. O’QUVCHILARINING NUTQINI O’STIRISHDA INTERFAOL VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH
2.1. “Olmosh” so’z turkumini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish
Umumiy o’rta ta`lim o’quv dasturi. Ona tili dasturida “Olmosh” bahsiga 13 soat ajratilgan. “Ona tili” darsligining “Morfologiya va imlo” bo’limida “Olmosh” bahsida “Olmoshlar”, “Ko’rsatish olmoshlari”, “Kishilik olmoshlari”, “O’zlik olmoshlari”, “So’roq olmoshlari”, “Belgilash olmoshlari”, “Gumon olmoshlari”, “Bo’lishsizlik olmoshlari”, juft va takror olmoshlar, ularning yozilishiga doir materiallar berilgan . Bu ishda “Ona tili” darsliklari mashqlaridan foydalandek.
Olmoshlarni orgatishni mustaqil so’z turkumlarini eslash bilan boshlash mumkin. Bunda quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi. 1. Turdosh va atoqli otlarning yozilishiga misol keltiring.
O’quvchilarning savollarga javob berishidan keyin, o’qituvchi mustaqil so’z turkumlarini eslatib, ularning gapdagi vazifalarini ta`kidlaydi. Shundan so’ng mustaqil so’zlardan biri olmoshlar haqida ma`lumot berilib, olmoshning boshqa mustaqil so’z turkumlari bilan munosabati suhbat metodida bayon qilinadi.
“Olmoshlar” mavzusiga doir materialni mustahkamlash, o’quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida mustaqil ish o’tkaziladi. Mustaqil ish uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya qilinadi.
1. Shabada qo’zg`aldi, u jonga orom berdi. 2. P’olat botir yigit, uni hamma hurmat qiladi. 3. Avvalgi yig`ilishga yig`irma besh ota – ona qatnashgan edi, bu gal ham shuncha ota – ona qatnashdi. 4. Ko’chalarning kesishgan joyida bolaxonali g`isht uyli hovli bor, bu hovlini bobom qurdirgan. 5. Kishining ishi to’g`rilik bo’lsa, bu uning eng yaxshi maqtovidir. (Navoiy)
O’quvchilar terma gaplarni ko’chiradilar, olmoshlarni aniqlab, tagiga chizadilar. Olmoshlar qaysi so’z turkumi o’rnida kelganini ustiga yozadilar.
Namuna:
1. Shabada qo’zg`aldi, u jonga orom berdi. 2. Avvalgi yig`ilishga yig`irma besh ota – ona qatnashgan edi, bu gal ham shuncha ota – ona qatnashdi. Mustaqil ishdan so’ng og`zaki bayon o’tkaziladi. Buning uchun quyidagi matndan foydalanish tavsiya etiladi.
Men 1936 yilning 28-dekabrida Farg`ona viloyatiining oltiariq tumanida qishloq o’qituvchilari oilasida tug`ilganman. Otam Oltiariqning o’qimishli, obro’li odamlaridan bo’lgan deb eslashadi. U tarix muallimi bo’lgan. Urushning dastlabki yillarida urushga ketib bosh miyasida oskolka jarohati va o’pka shamollash kasali bilan qaytib keldi. 1945 yilda o’ttiz uch yoshida Toshkentda Olmazordagi kasalxonada olamdan o’tgan. Bir yildan so’ng onam ham dunyodan o’tdi. Ikki qisqa umrning yolg`iz yodgori bo’lib men, Toshkentda tog`am qo’lida qoldim. Men O’zbekiston poytaxtidagi Mannon Uyg`ur nomidagi 22 –o’rta maktabda o’qidim. Bu maktabni 1956 yilda bitirdim.
O’quvchilarning shoir Erkin Vohidovning bolaligi haqidagi matnni o’qib chiqadilar. 1 shaxs birligidagi men olmoshini Erkin Vohidov oti va 3 shaxs birligidagi u olmoshi bilan almashtiradilar, matn mazmunini qayta hikoya qiladilar.
Namuna:
Ekin Vohidov 1936 yilning 28-dekabrida Farg`ona viloyatidagi Oltiariq tumanida qishloq o’qituvchilari oilasida tug`ilgan. Otasini Oltiariqning o’qimishli odamlaridan bo’lgan deb eslashadi. Otasi tarix muallimi bo’lgan. Urushning dastlabki yillarida urushga ketib bosh miyasida oskolka jarohati va o’pka shamollash kasali bilan qaytib keldi. 1945 yilda o’ttiz uch yoshida vafot etdi. Bir yildan so’ng onasi ham dunyodan o’tdi. Erkin Vohidov Toshkentda tog`asi qo’lida qoladi. Erkin Vohidov Toshkentdagi Mannon Uyg`ur nomidagi 22 –o’rta maktabda o’qidi. U bu maktabni 1956 yilda bitirdi.
Og`zaki bayondan so’ng ijodiy ish topshiriladi. O’qituvchi o’quvchilarga olmoshlar ishtirokida to’rta gap yozishni topshiradi. O’quvchilar bu topshiriqni bajaradilar.
Namuna:
1. U xonasi kelganda hech kimni ayamasdi. 2. Bog`ga o’zimiz qaraymiz, o’zimiz sug`oramiz, o’zimiz hosilni terib olamiz.
Ijodiy ishdan so’ng mashq ishlanadi. Buning uchun 7-sinf ona tili darsligidagi 22-mashqdan foydalanish tavsiya etiladi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarliida mashqdagi terma gaplarni navbat bilan o’qiydilar, olmoshlarni aniqlab, ajratilgan olmoshlar oldingi gapdagi nimani almashtirayotganini aytadilar.
Ko’rsatish olmoslarini o’rgatishni darslikda bu haqda berilgan ta`rif va qoidalarni bayon qilish bilan boshlash mumkin. Bunda o’qituvchi ko’rsatish olmoshlariga berilgan ta`rifni aytib, misollar keltiradi. Keyin ko’rsatish olmoshlarini doskaga yozib, u ko’rsatish olmoshi kishilik olmoshining III shaxs birligi bilan shaklan bir xil bo’lishi, gapda ularni bir – biridan ma`nosida qarab farq qilish mumkinligi, u, bu, shu, o’sha, olmoshlari jo’nalish, o’rin – payt, chiqish kelishigi bilan turlanganda, ularga bir N tovushi orttilishini aytadi.
Ko’rsatish olmoshlarini mustahkamlash, o’quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida mustaqil ish o’tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish mumkin.
1. Men ana shu gullarga suv quyayotgan edim. (Hakim Nazir) 2. Bunday chiroyli mashinani birinchi marta ko’rishim. 3. Man shu asboblarni boshingga qo’yib, hushyorroq bo’lib yotasan (G`ofur G`ulom) 4. Men yana turib qochdim, yana o’sha narvonda tirmashib, arang o’zimni tomga yetkazib oldim. (G`ofur G`ulom) 5. Bu ovoz unga juda tanish tuyuldi. 6. Mana bularni ko’tarib sen oldinroq boraver. 7. Shu qishloqda tug`ildim. Shu yerda unib o’sdim. (Z)
O’quvchilar terma gaplarni ko’chiradilar, ko’rsatish olmoshlarini topib, tagiga chizadilar.
Namuna:
1. Men ana shu gullarga suv quyayotgan edim.
2. Bunday chiroyli mashinani birinchi ko’rishim.
3. Mana shu asboblarni boshingga qo’yib, hushyorroq bo’lib yotasan.
Mustaqil ish bajarilgach, mashq ishlanadi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida navbat bilan quyidagi she`riy parchani o’qiydilar, ko’rsatish olmoshlarini aytadilar.
Shu yuksak tog` bag`rida baxmal qir,
Mening tug`ilib o’sgan asl Vatanim.
Etagida uqa kabi oqar Sir,
Shu vodiyda quyoshdan kuydi tanim.
Tizzang tolmay chiqa olsang yuksakka
Ko’rsataman barmoq bilan hammani
Hur oq emi qirq yil ekdim dahyakka.
Anov erga qurib olib chaylani.
Mashq ishlangach, o’quvchilarga ijodiy ish topshiriladi. Bunda o’quvchilarga tarkibida bu, shu, o’sha, ana shu olmoshlari bo’lgan to’rtta gap yozish aytiladi. O’quvchilar o’qituvchining bu topshirig`ini bajaradilar, ikki –uch o’quvchi o’zi tuzgan gaplarni o’qib, olmoshlarni aytadi.
Namuna:
1. Bu kitoblarning barini o’qib chiqqanman. 2. Shu paytda Toshxon derazadan allanimani ko’rdi. 3. Ana shunday taqdir bir cho’lda mana shu bog` barpo etildi.
Ijodiy ishdan so’ng kichik bayon o’tkaziladi. Bayon uchun ”Sevimli shoirimiz” matnidan foydalanish tavsiya etiladi.

Yüklə 99,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin