Ona tili o‘qitish metodiкasi


«Leksikologiya» bo‘limini o‘rganishda o‘quvchilarni nutq



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«Leksikologiya» bo‘limini o‘rganishda o‘quvchilarni nutq 
uslublari bilan tanishtirish. 
«Leksikologiya» bo‘limi o‘quvchilarni 
nutq uslublari bilan tanishtirishni ham ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 
maktab darsliklaridan olingan ilmiy matnlarni badiiy matnlar bilan 
taqqoslash, ayni bir narsaning badiiy va ilmiy tasviri orqali nutq 
uslublari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun 
oddiy nutqda qo‘llaniladigan so‘zlarni badiiy nutqda qo‘llaniladigan 
so‘zlar bilan almashtirish, hosil bo‘lgan matnlarni o‘zaro qiyoslash, 
turli uslubdagi matnlarni tahlil qilish, ularning o‘xshash va farqli 


171
tomonlarini aniqlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish 
mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, yaxshi, ravon, aniq va ta’sirchan 
ifoda uslubini hech bir shaxs uslubshunoslik fanini o‘rganish 
natijasida o‘zlashtira olmagan va o‘zlashtira olmaydi. Ta’sirchan, aniq 
uslub tuyg‘usi tilning barcha bo‘limlarini o‘rganish jarayonida, til 
sathlari birliklarida (tovushlarda, qo‘shimchalarda, so‘zlarda, sintaktik 
qurilmalarda) ma’nodoshlik, vazifadoshlik, shakldoshlik munosa-
batlari asosidagi bog‘lanishlarni taqqoslash zaminidagina shakllanadi. 
Bu ona tili o‘qituvchisining hamisha diqqat markazida turishi lozim. 
Shuning uchun fikrni nutq sharoitiga mos ravishda to‘g‘ri, ravon 
ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish ona tili ta’limining talabi 
sanaladi. 
Uslubiyat uslubiy ravonlik, xususan, so‘z boyligi va so‘zlarni 
to‘g‘ri qo‘llash bilan aloqador ekanligini hisobga olib, tilning lug‘at 
sathini o‘rganishni uslubiyat bilan bog‘liq holda olib borish lozim. 
Savol va topshiriqlar 
 
1. Ona tili ta’limida «Leksikologiya» bo‘limining tutgan o‘rni va
vazifalarini ayting.
2. «Leksikologiya» bo‘limini o‘rgatishning ta’limiy ahamiyatini 
qanday asoslaysiz? 
3. «Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning so‘z 
boyligini oshirish va nutqini rivojlantirishning qanaqa imkoniyatlari 
bor? 
4. «Ma’nodosh so‘zlar» mavzusini o‘rganishda qanday ijodiy-
amaliy ishlardan foydalansa bo‘ladi? 
5. Uyadosh so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, shakldosh 
so‘zlarning o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishdagi roli va ahamiyatini 
izohlang. 
6. O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshiruvchi muhim vositalarni 
ayting. 
7. «Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarni aqliy 
faoliyat usullariga o‘rgatish deganda nimani tushunasiz? 


172
8. O‘quvchilar nutqini boyitishda nutq uslublari bilan ishlashning 
qanday ahamiyati bor? 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin