182
«Tasdiqmi yoki inkormi
» o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi
o‘quvchilarga mustaqil tarzda harakatning tasdig‘i
yoki inkorini
bildiruvchi fe’llar yozishni topshiradi. Sinf ikki guruhga ajratilib,
1-guruhdagilar bo‘lishli, 2-guruhdagilar bo‘lishsiz shakldagi fe’llarni
yozadilar. Belgilangan vaqtda mavzuga mos eng ko‘p
namuna yozib,
ularning ma’nodoshlarini topa olgan guruh o‘yin g‘olibi bo‘ladi.
«Sifatdosh» o‘rganilayotganda o‘quvchilar
o‘qigan bola,
o‘qiydigan bola, o‘qiyotgan bola
singari so‘z birikmalari ustida
ishlashlari, o‘rni kelganda bu birikmalarni shu ma’noni
ifodalovchi
boshqa birikmalar bilan almashtirishlari mumkin.
O‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitishda berilgan
qo‘shimchalar yordamida fe’llar
hosil qilish, ko‘makchi fe’llarni
berib, ular ishtirokidagi yetakchi+ko‘makchi fe’l ifodalarini yozish,
to‘liqsiz fe’llarni shaxslar bo‘yicha o‘zgartirish
yoki ularning boshqa
so‘zlar bilan birikishiga oid namunalar topish yuzasidan guruhlar
bellashishlarini tashkil etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: