192
qavm
–
qarindoshlarga, umuman, suhbatdoshlarga
yuksak hurmat bilan
murojaat etish shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan hurmat belgisi bo‘lgan.
Shuning uchun o‘zini hurmat qilgan shaxs suhbatdoshini hech qachon
sensiramasalan, murojaat so‘zlarini, atoqli otlarni erkalash, hurmat
qo‘shimchalarisiz ishlatmas edi. So‘zlovchi shaxs ma’naviy, madaniy
jihatdan qancha boy bo‘lsa,
uning kichiklarga, tobelarga murojaati
shuncha samimiy va latofatli bo‘lgan. Bu badiiy adabiyotimizda
onda
–
sonda bo‘lsa ham uchrab turadi. Yozuvchi Pirimqul
Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanida Mirzo Boburning ashaddiy
dushmani Shayboniyxonning o‘g‘li, tug‘ishgan
opasining farzandi
Xurramshoh bilan suhbat sahnasi, Abdulla Qodiriyning «O‘tgan
kunlar» romanida Yusufbek Hojining o‘g‘li, xotini, kelinlari,
xizmatkori bilan suhbat sahnalari buning misoli bo‘la oladi. Bunday
shirin muomala har bir madaniyatli o‘zbek oilasi uchun xos
xususiyatdir.
Buni erkalash, kichraytirish qo‘shimchalarining
qo‘llanish doirasini kengaytirish orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Shu
sababli, «Ot» so‘z turkumini o‘rganishda milliy tarbiyaning bu qirrasi
o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi lozim.
Ma’lumki, «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dagi so‘zlarning 50
–
55
foizini ot so‘z turkumiga mansub so‘zlar tashkil etadi. Mazkur so‘z
turkumini o‘rganishda ko‘zlanadigan asosiy maqsad, avvalo, shu
turkumga kiruvchi, ammo o‘quvchilar nutqida kam qo‘llanilayotgan
yoki deyarli qo‘llanilmayotgan so‘zlarni ularning nutqiy faoliyatiga
olib kirish, bolalarning talaffuziy va imloviy ko‘nikma
hamda
malakalarini kengaytirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: