Ona tili o‘qitish metodiкasi


«Sifat» so‘z turkumini o‘qitish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«Sifat» so‘z turkumini o‘qitish. 
Sifat, uning lug‘aviy shakllari
yasalishi 6-sinfda o‘rganiladi. Ammo bu so‘z turkumiga oid dastlabki 
ma’lumotlar boshlang‘ich sinflarda berilganligini inobatga olib, 
mazkur so‘z turkumini o‘rganish ana shu egallangan zaruriy bilimlarni 
o‘quvchilar xotirasida eslash bilan boshlanadi. Berilgan so‘z 
birikmalarini o‘qish, 
qanday? qanaqa? qachongi?
kabi so‘roqlarni 
qabul qiluvchi so‘zlarni aniqlash, shu so‘zlarni imkoniyat doirasida 
ularning ma’nodoshi bilan almashtirib so‘z birikmalari hosil qilish 
(masalan, 
bahorgi ish

ko‘klamgi ish
), shaxs va narsa-hodisalarning 
belgi-xususiyati (rang-tusi, maza-ta’mi, xususiyati, hajm-shakli) ni 
ifodalovchi so‘zlarni ro‘yxat qilish, ular ishtirokida gaplar hosil qilish
matnni o‘qib, shunday so‘zlarni aniqlash singari topshiriqlar «Sifat» 
so‘z turkumi yuzasidan egallangan bilimlarni ular xotirasida tiklashga 
xizmat qiladi. 
Shundan so‘ng o‘quvchilar e’tibori tub va yasama sifatlarga 
qaratiladi. O‘quvchilar berilgan sifatlarni tub va yasamalarga 
ajratadilar; yasama sifatlarda sifat yasovchi qo‘shimchalarni 
aniqlaydilar; berilgan sifat yasovchi qo‘shimchalar yordamida 
qo‘shimchadosh so‘zlar hosil qiladilar; ularning imlosi ustida ish olib 
boradilar. 
«Sifat» so‘z turkumini o‘rganishda o‘ta muhim masalalardan biri 
qo‘shma sifatlar va juft sifatlar imlosidir. Mazkur mavzuni 
o‘rganishda «ot+fe’l+ar», «sifat+fe’l+ar», «son+fe’l+ar» qolipli 
hosilalar ustida ishlash (masalan, 
muzyorar, ertapishar, beshotar
), 
«Imlo lug‘ati» dan bu sifatlarni ajratib yozish, bitta tushunchani, 
belgini ifodalab kelgan «ot+ot», «sifat+ot» qolipli qo‘shma sifatlar 
(masalan, 
bodomqovoq, sarviqomat, ko‘kko‘z, qorasoch, oq ko‘ngil

ustida ishlash; tarkibida 
nim, yarim, umum, -aro, rang 
so‘zlari bo‘lgan 
qo‘shma sifatlar ro‘yxatini davom ettirish; berilgan juft sifatlarni 
qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bilan almashtirish, juft va takroriy 
sifatlar ro‘yxatini tuzish; ular orasida chiziqchaning qo‘yilishi ustida 
ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. 


198
Shundan so‘ng o‘quvchilar asliy va nisbiy sifatlar hamda asliy 
sifat darajalari bilan tanishadilar. Asliy va nisbiy sifatlar so‘z o‘zagiga 
-roq 
qo‘shimchasini erkin qabul qila olishi va qabul qila olmasligiga 
qarab farqlanadi. O‘quvchilar berilgan sifatlarga 
- roq 
qo‘shimchasini 
qo‘shib, bu qo‘shimchani erkin qabul qiladigan sifatlarni asliy va bu 
qo‘shimchani qabul qila olmaydiganlarini nisbiy sifatlarga ajratadilar 
hamda umumlashma hosil qiladilar. 
«Sifat darajalari» mavzusini o‘rganishda o‘quvchilar sifatlar 
belgining ko‘lamini ifodalab kelishiga ko‘ra: 1) oddiy daraja;
2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja kabi to‘rt 
guruhga ajralishini, ularning hosil bo‘lishini, ma’nosi, imlosi va 
talaffuzini bilib oladilar. Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida oddiy, 
qiyosiy, orttirma, ozaytirma darajadagi sifatlar ro‘yxatini tuzish, 
ularning ma’nosini qiyoslash, shu darajalarni hosil qiluvchi 
qo‘shimchalarning o‘zaro sinonimik munosabatga kirishishi kabi 
ijodiy - amaliy ishlardan foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa, berilgan 
gaplarda yoki matnda
-roq
qo‘shimchasini shunga yaqin ma’no 
anglatuvchi 
-ish, -mtir, -imtir
qo‘shimchalari, biroz so‘zi bilan 
almashtirish (masalan, 
qoraroq

qoramtir

bir oz qora, qizilroq

 
qizqish

biroz qizil
), orttirma daraja hosil qilgan ma’lum bir vosita 
(masalan, 
eng
) o‘rnida shu ma’noni beruvchi boshqa vositani 
(masalan, 
juda g‘oyat, nihoyat, behad, cheksiz, g‘oyatda, nihoyatda

qo‘llash, sifat yasovchi qo‘shimchalarni uning sinonimlari bilan 
almashtirish ( masalan, 
-li, -ba – mazali, bamaza; -li, -digan– yoqimli–
yoqadigan, ajablanarli–ajablanadigan; -li, -lik – chiroyli–chiroylik; -
lik, -dor, -kor – aybli–aybdor, gunohli—gunohkor; -gi, -ki, -qi, -dagi – 
pastki–pastdagi, kuzgi–kuzdagi; -k, -uk, -ik, -ak, -aq, -gan – chirik–
chirigan, siniq–singan; -kir, -gir, -g‘ir, -qir, -ag‘on – chopqir–
chopag‘on–topqir–topag‘on);
sinonim so‘zlarning mavjud antonim-
larini topish (masalan, 
aqlli–beaql–aqlsiz, mazali–bemaza–mazasiz

kabi ishlar o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda o‘ta muhimdir. 
O‘quvchilar sifatlarning ma’no guruhlari bilan tanishtirilar ekan, 
asosiy e’tibor rang-tus sifatlari (
qo‘ng‘ir, pushti, jigarrang, ko‘kish, 
sarg‘ish
va h.k.), maza-ta’m sifatlari (masalan, 
achchiq, taxir, nordon, 


199
chuchuk, shirin, asaldek, tilyorar
va h.k.), xususiyat bildiruvchi 
sifatlar (masalan, 
sodda, quvnoq, sho‘x, kamtar, ayiqsimon, bo‘ydor, 
andishali,
va h.k.), holat bildiruvchi sifatlar (masalan, 
xursand, ho‘l, 
issiq, navqiron, uyg‘oq
va h.k.), shakl (ko‘lam) sifatlari (masalan, 
baland, do‘mboq, uzun, beso‘naqay, xushbichim
va h.k.), miqdor 
sifatlari (
ko‘p, mo‘l, oz, serob kamchil
va h.k.), hid bildiruvchi sifatlar 
(masalan, 
muattar, qo‘lansa, xushbo‘y, badbo‘y
va h.k.), makon-
zamon belgisini bildiruvchi sifatlar (
tonggi, kuzgi, yozgi
va h.k. )ni 
ro‘yxat qilish, ularning ma’no nozikligi ustida ishlash, sifatlarning har 
bir ma’no guruhlari ishtirokida so‘z birikmalari va gaplar hosil qilish, 
belgining oshib borishiga qarab sifatlarni birin-ketin joylashtirish, 
sifatlarga ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar topish singari ijodiy-
amaliy ishlarni bajaradilar.
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda sifat birikmalar ustida 
ishlash muhim ahamiyatga ega. Berilgan matndan sifatli so‘z 
birikmalarini ajratish, ularning ro‘yxatini mustaqil davom ettirish, 
badiiy asarlardagi ijobiy va salbiy qahramonlarning barcha
sifatlarini sanash va ular ishtirokida so‘z birikmalari yoki gaplar 
hosil qilish, ma’lum bir otga bog‘lanib keladigan barcha sifatlarni 
topib qo‘yish singari amaliy ishlar o‘quvchilar so‘z boyligini 
oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘quvchilarga «Zumrad va 
Qimmat» ertagidagi ikki qahramonning sifatlarini aniqlash 
topshirilgan bo‘lsa, ular Zumradning quyidagi ijobiy fazilatlari va 
Qimmatning quyidagi salbiy fazilatlarini sanaydilar: 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin