226
К
o‘makchilarni ro‘yxat qilish, gap tarkibidagi ko‘makchilarni u
bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish kabi ishlar ko‘makchilarning
ma’nosi, vazifasi va imlosi ustida ishlash bilan chambarchas
uyg‘unlikda amalga oshiriladi.
Ma’lumki, tilimizda mavjud bo‘lgan yordamchi so‘zlarning
ko‘pchiligini o‘quvchilar nutqiy zaruriyat
tufayli kundalik muomala
munosabatda bemalol qo‘llaydilar. Ular garchand
va, ammo, lekin,
biroq, chunki
kabilarning bog‘lovchi,
bilan, uchun
kabilarning
ko‘makchi,
-ku, -da, faqat, -gina, axir
kabilarning yuklama ekanligi
bilmasalar-da, ammo bu so‘z va ko‘makchilarni deyarli barcha
o‘quvchilarning nutqida uchratish mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar yordamchi so‘zlar haqida
umumiy ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Bu sinflarda ular yordamchi
so‘zlar ishtirokida gap tuzishlari, berilgan ikki mustaqil sodda gapni
zarur yordamchi so‘zni qo‘llab qo‘shma gapga aylantirishlari,
yordamchi so‘zlarning gapdagi vazifasini tushuntirishlari mumkin.
Ona tilining izchil kursini o‘rganish jarayonida yordamchi
so‘zlarning har bir turi alohida o‘rganiladi.
Shuning uchun bu
so‘zlarni o‘rganish vaqtida tashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlar, avvalo,
dasturda ko‘zda tutilgan materiallarni o‘quvchilar ongiga singdirishga,
ularning nutqini yordamchi so‘zlarning ma’nodoshlari bilan
almashtirish orqali yangi so‘zlar bilan boyitish, bir yordamchi so‘zni
nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri
hamda o‘rinli qo‘llashga xizmat qilishi lozim.
O‘quvchilar «
К
o‘makchi so‘zlar» mavzusi bilan tanishtirilar ekan,
ko‘makchi birikmalarini kelishikli birikmalarga aylantirish (masalan,
sinfdoshim uchun oldim, sinfdoshimga oldim
kabi), berilgan gaplarda
ko‘makchini shu ma’noni ifodalovchi boshqa ko‘makchi bilan
almashtirish (masalan,
xirmon sari bormoq, xirmon tomon bormoq
kabi), «ot + ko‘makchi», «sifatdosh + ko‘makchi»
qolipli hosilalar
ro‘yxatini tuzish (masalan,
qalam bilan, onam uchun, dala sari; siz
bilan, ular uchun, siz orqali; borgan sayin, o‘qigan bilan, ko‘rishgani
uchun
va h.k.), ko‘makchining gapdagi vazifasi va ma’nosini
sharhlash singari o‘yin-topshiriqlardan foydalanish mumkin.