Ona tili o‘qitish metodiкasi


«-ginaning ma’nosini chaq!»



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«-ginaning ma’nosini chaq!»
o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilardan 
gap juftlari tuzish talab etiladi. 
1-qator
-gina
qo‘shimchasi ishtirokida 
kichraytirish, achinish ma’nosida gap tuzishsa, 
2-qator
shu 
qo‘shimchani ayiruv yuklamasi ma’nosida qo‘llab gaplar tuzishadi. 
Masalan, 
1-qator

Manzuragina shu yil ko‘p kasal bo‘ldi
-da. 
2-qator

Bugungi yig‘ilishimizga Manzuragina yetib kela olmadi

Ayniqsa, yuklamalarning imlosi yuzasidan tashkil etiladigan 
o‘yinlar juda qiziqarli va zavqli o‘tadi. O‘quvchilar ajratib 
yoziladigan, so‘zga qo‘shib yoziladigan va chiziqcha bilan 
yoziladigan yuklamalar yuzasidan o‘zaro bellashishlari mumkin. 
O‘qituvchi barcha yuklamalarni aralashtirib aytib turadi. Har bir 
guruh o‘ziga tegishli topshiriqni bajaradi. Masalan: 1-guruh 
aytilayotgan gaplardan faqat so‘z yuklamalarini ajratib, o‘z 


229
daftarlariga yozib boradilar. O‘yin-topshiriq natijasini aniqlashda 
o‘zaro tekshiruv usulidan foydalanish mumkin. Bellashayotgan 
guruhlar o‘zaro daftarlarini almashtirib, topshiriqning bajarilishini 
tekshiradilar. 
Xullas, yordamchi so‘zlarning har bir guruhini o‘rganishda 
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish 
o‘qituvchining diqqat markazida turishi, imlo nutq o‘stirish bilan 
chambarchas aloqadorlikda amalga oshirilishi lozim. Shuni esdan 
chiqarmaslik zarurki, o‘yin-topshiriqlar qanchalik amaliy mohiyat 
kasb etsa, samaradorlik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. 
O‘quvchilar nutqini yordamchi so‘zlar bilan boyitish faqat shu 
mavzularni o‘rganish doirasida qolib ketmasligi, balki tilning keyingi 
bo‘limi– sintaksisni o‘rganish jarayonida ham davom ettirilishi lozim. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin