Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Serchang, sershovqin
ko‘chalarda
odamlar
daryoday
oqib
~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~
 
borar 
edi.
(P.Q.) 
Bu gapda aniqlovchi (sifatlovchi aniqlovchi) uyushgan. 
Mana shu uyushiq aniqlovchilarning har biri aniqlanmishga bog‘lanib,
sanash ohangi bilan aytiladi: 
serchang,
sershovqin 
so‘zlari
ko‘chalarda 
to‘ldiruvchisiga bog‘langan, sanash ohangi bilan o‘qiladi. 
Lekin o‘zbek tilida sifatlovchi aniqlovchilar uyushmagan holda 
ham ketma-ket kelishi mumkin. Shuning uchun sifatlovchi aniqlovchi 
ketma-ket kelgan bo‘lsa, ularni uyushgan deb baholashga shoshmaslik 
kerak. 
Masalan: 
1. Maktabimiz 
to‘rt qavatli yangi
binoga 
joylashgan. 
~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~
2. Bugun 
biz 
yangi bidiiy
film 
ko‘rdik. 
~ ~ ~ ~ ~ ~
Bunday aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilar kabi teng huquqli 
emas, biri - ikkinchisiga bog‘liq bo‘ladi va aniqlanmishga bog‘lanadi, 
sanash ohangi ham bo‘lmaydi. (Eslatma: Yozuvda uyushiq bo‘laklar 
vergul bilan ajratiladi). 
Mazmun ahamiyatini ta’kidlash uchun ajratib aytiladigan gap 
bo‘lagi ajratilgan ikkinchi darajali bo‘lakdir. Sintaktik tahlilda bunday 
bo‘laklarning ajratilganligi izohlab berilishi kerak: 


295

1. Hujayraning ichki tuzilishini o‘rganish uchun ancha murakkab 
asbobdan, mikroskopdan, 
foydalaniladi.
 
2.

A’lochi o‘quvchilarning, Ahmad va Mahmudning, nomi 
faxr bilan 
tilga olindi.
3. Yozda, ayniqsa iyul oyida, 
havo 
juda 
isib ketadi.
Ajratilgan bo‘laklar yozuvda vergul bilan chegaralanadi. 
Ajratilgan bo‘laklar o‘zi ta’kidlanayotgan bo‘lakning shakli va 
vazifasida bo‘ladi, yuqoridagi gapda 
yozda 
bo‘lagi–
hol, 
payt holi 
ekan, ajratilgan bo‘lak ham 
(iyul oyida) 
xuddi shunday shakl va 
vazifadadir. 
O‘zbek tilida shunday gaplar borki, ular birgina so‘zdan iborat 
bo‘lib, turli his-tuyg‘ular, ifodalanayotgan fikrga modal munosabatlar 
bildiradi. Bunday gaplar tobe yoki hokim bo‘laklarni talab ham 
yetmaydi, ularda biror bo‘lakning «yashiringani» ham sezilmaydi. 
Ular oldin aytib o‘tilgan fikrga ekspressiv-modal munosabatlarni 
ifodalaydi. Bular so‘z-gaplardir. 
So‘z-gaplarning asosiy xususiyatlaridan biri ularning alohida 
ohangga ega bo‘lishi va ma’lum sharoitni talab etishidir. 
1. Tasdiq so‘z-gap: Siz kelasizmi? –
Ha!
2. Inkor so‘z-gap: Siz ham shunday o‘ylaysizmi? –
Yo‘q!
So‘zlar gap tarkibida bir-birlari bilan sintaktik aloqaga 
kirishgandagina (nutqda) gapning u yoki bu bo‘lagi vazifasida kela 
oladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin