321
2) nazorat qilishga qaratilgan insholar;
3) ko‘rik-tanlov insholari.
Ular o‘zaro chambarchas bog‘langan. Ta’limiy insholar ayni
vaqtda nazorat uchun ham xizmat qiladi. Har qanday nazorat qilishga
qaratilgan insho ta’limiy maqsadni ko‘zlaydi.
К
o‘rik-tanlov
uchun
yozilgan insholar ham ta’limiy maqsad, ham tarbiyaviy maqsadga
qaratilgan.
Mavzu tanlash, asosiy g‘oyani belgilash, material yig‘ish, reja
tuzish, shu asosda to‘plangan materialni saralash,
fikrni muayyan
izchillikda bayon qilish, yozilganlarni takomillashtirish kabi ishlar
barcha turdagi insholar uchun xosdir.
Insholarning asosiy qismini ta’limiy insholar tashkil etadi.
Bunday insholar, asosan, o‘qitishga
qaratilgan, o‘rgatishni
ko‘zlaydigan insholardir. Til hodisalarini amalda qo‘llashga o‘rgatish,
o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish kabi
zarur malakalar deyarli ta’limiy insholar orqali shakllantiriladi. Bu
insholarning qoralama va oqlama nusxalari bo‘lmaydi. Ular, odatda,
o‘quvchilarning mashq daftarlarida bajariladi. Shuning uchun
matndagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni takomillashtirish
maqsadida qabul qilingan shartli belgilardan o‘quvchi o‘z inshosida
bemalol foydalanishi mumkin.
Nazoratga
qaratilgan insholar, odatda, katta bo‘limlar
o‘rganilgandan keyin, yoki chorak oxiri va o‘quv yilining oxirida
o‘tkazilishi mumkin. Ular, asosan, o‘quvchilarning egallagan bilim,
malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Shuning uchun insho mavzusi oldindan e’lon qilinmaydi,
ular avval
qoralama nusxada bajarilib, keyin takomillashtirilgach, oqqa
ko‘chiriladi. Odatda, nazorat maqsadini ko‘zlagan insholarga ikki soat
vaqt ajratish maqsadga muvofiqdir.
К
o‘rik-tanlov uchun yozilgan
insholar sinf yoki maktab
g‘oliblarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Ona tilidan insho
mavzulari oldindan e’lon qilinadi; o‘quvchilar ko‘rik - tanlov shartlari
bilan tanishtiriladi.
Shubhasiz, g‘olib o‘quvchilarni aniqlash
322
maqsadida o‘tkaziladigan bunday ko‘riklar ijodiy ishga bo‘lgan
qiziqishni oshiradi.
Ona tili mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan insholarni
Dostları ilə paylaş: