Ona tili o‘qitish metodiкasi


mavzu  jihatidan ilmiy, badiiy va erkin mavzularga



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

mavzu 
jihatidan ilmiy, badiiy va erkin mavzularga
ajratish mumkin. 
Ilmiy insholar. 
Ma’lumki, maktab o‘quvchilarini ilmiy bilim 
asoslari bilan qurollantiradi. O‘quv rejasiga kiritilgan barcha o‘quv 
fanlari bolalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiat va 
jamiyat hodisalarining haqiqiy mohiyatini anglashga yordam beradi. 
Ilmiy insholarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri unda ilm - 
fanga oid tushunchalardan keng foydalanishdir. Masalan, tilga oid 
ilmiy insholarda 
so‘z, so‘z birikmasi, tasviriy ifoda, turg‘un birikma, 
ega, kesim,
 
hol, uyushiq bo‘lak 
kabi tushunchalardan keng 
foydalanilsa, matematikaga oid insholarda ko‘proq 
qoldiq, ko‘paytma, 
tenglama, kasr, mahraj, ildiz chiqarish, bo‘lish 
kabi tushunchalar 
qo‘llaniladi. 
Barcha sinflarda o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasini 
hisobga olgan holda ilmiy insholardan foydalansa bo‘ladi. 5-sinfda 
o‘quvchilar ona tili, matematika, tabiatshunoslik, qadimga dunyo 
tarixi, musiqa, tasviriy san’at kabi fanlarni o‘rganishar ekan, demak, 
ilmiy insholar ana shu o‘rganilgan mavzularga oid bo‘ladi. Bu sinfda: 
«Quyosh va tabiat», «Biz matematikadan nimalarni o‘rganamiz?», 
«Qo‘shiq aytish uchun nimalarga amal qilish kerak?», «Grippning 
oldini olish» kabi mavzular ilmiy insho mavzusi sifatida tanlanishi 
mumkin. 
Ilmiy insholar uchun eng asosiy manbaa maktab darsliklari,
turli ensiklopedik lug‘atlar, gazeta va jurnallarda berilgan ilmiy 
maqolalar, ilmiy mavzulardagi teleko‘rsatuvlar bo‘lishi mumkin. 
Adabiy insholar. 
Adabiy insholardan faqat adabiyot darslarida 
emasalan, balki ona tili mashg‘ulotlarida ham keng foydalaniladi. U 
yozuvchi mahoratini tushunish, asar qahramonlari olamiga kirish, 
ularni bir-biri bilan taqqoslab, yaxshilik va yomonlikning tub 
mohiyatini anglash imkoniyatini beradi. Bunday insholar o‘quvchidan 
badiiy nutqni talab etadi. U ana shu insholar orqali o‘xshatish, 


323
sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a singari badiiy tasvir vositalaridan 
foydalanish, ma’noni kuchaytiradigan bo‘yoqdor so‘zlarni qo‘llash, 
tovushlarni cho‘zish orqali turli xil ma’nolarni ifodalash kabi badiiy 
nutqqa xos bayon usullarini o‘rganadi. 
Adabiy insholar badiiy adabiyot namunalari asosida yaratiladi. 
O‘quvchilar o‘rganilayotgan til hodisalari bilan bog‘liq holda badiiy 
asarlar, ulardagi qahramonlar, bayon qilingan qiziqarli voqea-
hodisalarni tahlil qiladilar, ularga o‘z munosabatlarini bildiradilar. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin