Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Tabiat tasviri. 
Ma’lumki, o‘quvchilar 1-sinfdan boshlab 
«Atrofimizdagi tabiat» o‘quv fanini o‘rganadilar va tabiat tasvirini 
berishda qiynalmaydilar. 
Ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchilarni tabiat haqidagi tasavvur-
larini kengaytiribgina qolmay, balki shu haqda tasviriy matn yaratish 
mahoratlarini ham shakllantiradi. 
Tabiat tasvirini yaratishda matn namunalaridan foydalanish 
mumkin. Chunonchi, mashhur so‘z ustalari: yozuvchi va shoirlarning 
asarlaridan tabiat tasviriga oid o‘rinlarni o‘qib berish, matn 
namunalari ustida ishlash, ularning til xususiyatlarini tahlil qilish kabi 
ishlar o‘quvchilarning shunday matnlar yaratishlariga keng yo‘l ochib 
beradi. 
К
uzatish tabiat tasvirini yaratishda asosiy manba bo‘lib xizmat 
qiladi. Ayniqsa, o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan kuzatishlar 
tasviriy insho uchun boy materialdir. Bundan tashqari, suhbat 
o‘tkazish, tabiat tasviriga oid rasmlar, diafilmlar, kinofilmlar va 
diapozitivlardan foydalanish ham inshoning bu turi uchun boy 
material beradi. 
Ona tili mashg‘ulotlarida, ayniqsa, tabiatning badiiy tasvirini 
yaratishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bunday insholar badiiy 
nutq imkoniyatlaridan unumli foydalanishni talab etadi. 


326
Tasvirning eng murakkab ko‘rinishlaridan biri insonning tashqi 
qiyofasini aks ettirishdir. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi ota-onasi, 
aka-ukalari, sinfdoshlari, tanish-bilishlari, o‘qigan badiiy asar, ko‘rgan 
kinofilmi qahramonlarining tashqi qiyofasini tasvirlashi mumkin. 
Tashqi qiyofa tasviri ham tasviriy inshoning boshqa turlari kabi 
ilmiy va badiiy ko‘rinishlarga ega. Ilmiy tasvirda odamning yoshi, yuz 
tuzilishi, ko‘zi, qulog‘i, burni, sochining rangi, bo‘yi, gavdasi kabilar 
aniq faktlarga asoslangan holda ko‘rsatiladi. Badiiy tasvirda esa 
shubhasiz, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a kabi 
usullardan foydalaniladi. 
Ona tili mashg‘ulotlarida portret tasviridan ham keng foydalansa 
bo‘ladi. 
Harakat tasvirini yaratish ham inshoning muhim turlaridan biridir. 
Bunday insholar bajarilgan, bajarilayotgan va bajariladitan ish-harakatni 
bayon qilishni talab etadi. Shu jihati bilan bunday insholar hikoya 
janriga yaqin turadi. Ammo bu insholarda tasviriylik hikoyaga 
qaraganda ustundir. 
Harakat tasviri ham inshoning boshqa turlari singari ilmiy va 
badiiy bo‘lishi mumkin. Ilmiy inshoda ko‘proq axborotdan 
foydalaniladi. Bunday insholarda maslahat, tavsiya, ta’kid kabilar 
asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan, «Mehnat darsida», «Suzishni 
qanday o‘rganish kerak», «Dars tayyorlashni o‘rgan», «Sog‘ bo‘lay 
desang» kabi mavzularda yoziladigan insholar ko‘proq axborot tarzida 
bo‘lib, muallif ta’kid, maslahat, tavsiyadan unumli foydalanadi. 
Badiiy insholarda ana shu harakatlarga badiiy bo‘yoq beriladi. 
O‘quvchi ba’zan hikoya usulidan foydalanib, o‘zining ichki 
kechinmalarini ham, bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ham 
ifodalaydi. 
Harakat tasvirining murakkabligini hisobga olib, avvalo ishni 
o‘quvchilarga tanish jarayonlarni tasvirlashdan boshlash maqsadga 
muvofiqdir. Shubhasiz, 5–6
-
sinflarda o‘quvchilar dars tayyorlash
o‘yin, maktab atrofini ko‘kalamzorlashtirish, suzish kabi jarayonlarni 
tasvirlasalar, 7-, 8-, 9-sinflarda murakkab ishlab chiqarish jarayonini 
tasvirlaydilar. 


327
Harakat tasviriga oid insholarning muhim qismini reportajlar 
tashkil etadi. Biror kundalik voqea-hodisa, ishlarning borish tafsilotini 
dalillar, jonli tasvirlar asosida yorituvchi kichik badiiy asar 
reportaj
sanaladi. Unda voqea sodir bo‘lgan joy, manzara, ishtirokchilar 
ko‘rsatiladi. 
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni kichik reportajlar 
tayyorlashga o‘rgatib borish lozim. Ular sport musobaqalari, xalq 
sayllari, bayramlardan olib boriladigan kichik reportajlar tayyor-
lashlari mumkin. Reportaj mavzusi bolalar tomonidan tanlansa, u 
yanada qiziqarli bo‘ladi. 
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilar shahar, qishloq, dala, sahro, 
cho‘l kabi joy nomlarini yaratishlariga ham to‘g‘ri keladi. Har bir joy 
o‘ziga xos tasvirni talab etadi. Masalan, shahar yoki qishloq tasviri 
haqida fikr yuritilar ekan, uning umumiy ko‘rinishi, diqqatga sazovor 
joylari, xalqi, ularning urf-odatlari, sevimli mashg‘ulotlari haqida fikr 
yuritiladi. Sahro haqida fikr yuritilganda ko‘proq unda yashaydigan 
hayvonot va o‘simliklar olami haqida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. 
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning orzu-umidlari aks etgan 
insholardan ham foydalaniladi. «Agar men sehrgar bo‘lsam», 
«Sinfdoshim Oybek 20 yildan so‘ng», «Men maktabimizni kelajakda 
qanday tasavvur qilaman», «Men me’mor (o‘qituvchi, shifokor) 
bo‘lganimda...», «O‘zbekiston XXI asr o‘rtalarida», kabi mavzularda 
yoziladigan insholar o‘quvchilarni ertangi kun haqida xayol surishga, 
o‘ylashga majbur etadi. 
Shunday qilib, tasviriy insholar ona tili mashg‘ulotlarida keng 
tarqalgan insho turlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilar nutqini 
rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. 
O‘quvchilarning badiiy adabiyot ustida ishlashi, hayotni, 
turmushni, tevarak-atrofni, odamlarni, hayvonot olamini doimiy 
ravishda sinchkovlik bilan kuzatishi, o‘z taassurotlarini boyitib borishi 
ularning tasviriy insho yozishlari uchun qulay sharoit yaratadi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin