Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«Tarjimayi hol»
ning mufassal rejasi quyidagicha: 


333
К
irish: a) tarjimayi hol muallifining ismi, familiyasi, tug‘ilgan 
yili, oy va kuni, joyi va millati, oilasi; b) otasi va onasi haqida; v) aka-
ukalari, opa-singillari haqida. 
Asosiy qism: a) muallifning maktab yoshigacha bo‘lgan hayoti 
haqida; b) maktab hayoti haqida; v) hozirgi kundagi faoliyati haqida. 
Yakun: a) ushbu tarjimayi holning nima sababdan yozilganligi;
b) imzo, kun, oy, yil. 
«Ariza» matnining
mufassal rejasi esa quyidagilardan iborat: 
К
irish: a) 
kimga

ariza yo‘naltirilgan shaxsning egallab turgan 
mansabi (lavozimi), daraja va unvonlari, ismi-sharifi, familiyasi;
b) 
kimdan

ariza beruvchining mansabi (lavozimi), daraja va 
unvonlari, ismi-sharifi, familiyasi, istiqomat joyi. 
Asosiy qism: a) arizani yozishga sabab bo‘lgan holatning 
qisqacha bayoni; b) ariza yozishdan maqsad; v) arizaga ilova 
qilinadigan hujjatlar. 
Yakun: a) ariza beruvchining shaxsiy imzosi, ismi va familiyasi; 
b) ariza yozilgan (berilgan) kun, oy, yil.
Ariza matni, asosan, qo‘lda yoziladi va bu yozuv boshqalarga 
tushunarli bo‘lishi lozim. Ayni vaqtda arizaning kirish qismi asosiy 
qismi bilan aralashib ketmasligi, xat boshidan yozishga qat’iy amal 
qilinishi imzo, ism-familiya hamda yil, kun, oy alohida-alohida ajratib 
ko‘rsatilishi kerak.
O‘quvchilarni e’lon yozishga o‘rgatish.
E’lon o‘quvchilar 
faoliyatida ko‘p qo‘llaniladigan ish qog‘ozlaridan biridir. Ma’lum bir 
xabar, buyruq, yangilik, farmonni ko‘pchilik yoki ayrim shaxslarga 
yetkazish maqsadida e’londan foydalaniladi. Unda, albatta, e’lon 
qilinayotgan tadbirning vaqti, o‘tkazilish joyi, nomi, uni tashkil 
etayotgan saxs (muassasa, tashkilot va h.k.) qayd etiladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin