Ona tili o‘qitish metodiкasi


O‘quvchilarni telegramma matni ustida ishlashga o‘rgatish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

O‘quvchilarni telegramma matni ustida ishlashga o‘rgatish

Telegraf orqali yuboriladigan va olinadigan xabar yoki shunday xabar 
yozilgan qog‘oz telegramma sanaladi. O‘quvchilar faoliyatida ish 
qog‘ozining bu turiga ham juda katta ehtiyoj seziladi. Ayniqsa, 
maktab hayotida tabrik telegrammalaridan foydalanib turiladi. 
O‘quvchilar boshlang‘ich sinfdan boshlab ota-onasini, yaqinlarini, 


334
tanish-bilishlarini bayramlarda, tug‘ilgan kunlarda, ma’lum g‘alabani 
qo‘lga kiritganda tabriklashga o‘rganmoqlari lozim. Telegramma 
matni ustida ishlash boshqa ish qog‘ozlari matni ustida ishlashdan farq 
qiladi. Avvlo bu matn o‘zining ancha ixchamligi, qisqaligi va aniqligi 
bilan ajralib turadi. Matnning bu shakli so‘zdan, ayniqsa, tejab- 
tergab, to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni talab etadi.
Agar o‘quvchi telegrammani boshqa shaharga jo‘natayotgan 
bo‘lsa, manzilgohda olti raqamli pochta indeksi qo‘yilmasligi, faqat 
shahar aloqa bo‘limining tartib raqami yozilishini bilishi kerak.
O‘quvchilarning telegramma matni ustida ishlashini otlarning ma’no 
guruhlari o‘rganilgandan keyin (6-sinf) tashkil etish maqsadga 
muvofiqdir.
O‘quvchilarni ma’lumotnoma yozishga o‘rgatish
. Bo‘lgan 
voqea yoki mavjud holatlarni bildirish, u haqda axborot berish 
maqsadida ma’lumotnomalardan foydalaniladi. Ular xususiyati va 
mazmuniga ko‘ra shaxsiy ma’lumotnomalar va xizmat ma’lumot-
nomalariga bo‘linadi.
Maktab hayotida ko‘proq shaxsiy ma’lumotnomalardan 
foydalaniladi. Bu ma’lumotnomalar ma’muriyatning o‘quvchi shaxsi, 
uning qaysi sinfda o‘qishi, o‘qish faoliyatidagi ayrim voqea-hodisalar 
va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga 
ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, maktab ma’muriyatning
 
o‘quvchi shaxsi va uning qaysi sinfda o‘qishini

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin