Ona tili o‘qitish metodiкasi


ONA TILI O‘QITISHNING UMUMDIDA



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

ONA TILI O‘QITISHNING UMUMDIDA
К
TI
К
 VA O‘ZIGA 
XOS PRINSIPLARI
 
Tayanch tushunchalar: 
O‘qitish prinsipi, umumdidaktik prinsiplar: o‘qitishning bolaga 
ma’lumot berish, tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilganligi
o‘qitishning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarliligi; sistemaviylik va 
izchillik; nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi; onglilik, faollik 
va mustaqillik; ko‘rsatmalilik; o‘quvchilarga individual munosabatda 
bo‘lish va ularning o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish. Shu fanni 
o‘qitishning o‘ziga xos prinsiplari:»til-me’yor-nutq mutanosibligi» 
prinsipi; o‘zbek tili fanini o‘qitish orqali o‘quvchilar tafakkurining 
o‘sishiga erishish prinsipi;o‘zbek tilini o‘qitishda mavzulararo, 
bo‘limlararo va fanlararo bog‘lanishga qat’iy amal qilish prinsipi; 
o‘quvchilarni til hodisalarini ajratishga o‘rgatish prinsipi; o‘zbek 
tilini o‘qitish orqali o‘quvchilarning nutq malakalarini 
mustahkamlash va til sezgirligini oshirish prinsipi; ona tili o‘qitishda 
mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda tutish prinsipi. 
Ta’lim prinsiplari jamiyatimizning maktab oldiga qo‘ygan 
talablaridan kelib chiqadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning 
ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish o‘qitish prinsiplarini amalda to‘g‘ri 
qo‘llash bilan chambarchas bog‘langan. 
O‘qitish prinsipi nima? 
«Prinsip» lotincha so‘z bo‘lib, asos, 
qoida, talab singari ma’nolarni ifodalaydi. «O‘qitish prinsipi» deganda 
dars samaradorligini ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etish, 
uyushtirishga qo‘yilgan asosiy talablar, qoidalar tushuniladi. 
O‘qituvchi ta’lim ishini tashkil etar ekan, ana shu qoida va talablardan 
kelib chiqadi va ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlagan holda 
amalda tadbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishadi. 
Ona tili darslarida bir tomondan umumdidaktik prinsiplar, 
ikkinchi tomondan shu fanni o‘qitishning o‘ziga xos prinsiplarini 
hisobga olishga to‘g‘ri keladi. 
Umumdidaktik prinsiplar garchand maktabda o‘qitiladigan barcha 
fanlarga aloqador bo‘lsa-da, ammo u har bir fanning ichki tabiatidan, 


49
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Maktabda o‘qitiladigan 
hamma fanlar uchun umumiy bo‘lgan didaktik prinsiplar: o‘qitishning 
bolaga ma’lumot berish, tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilganligi; 
o‘qitishning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarliligi; sistemaviylik va 
izchillik; nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi; onglilik, faollik 
va mustaqillik; ko‘rsatmalilik; o‘quvchilarga individual munosabatda 
bo‘lish va ularning o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish kabi prinsiplar 
garchand umumdidaktik prinsiplar sanalsa ham, ammo ona tili o‘qitish 
nazariyasi va usuliyatida ularning har biri o‘ziga xos mazmun kashf 
etadi. 
Ona tili o‘qitishda umumdidaktik prinsiplar bilan bir qatorda shu 
fanning tabiatidan kelib chiqadigan quyidagi o‘ziga xos prinsiplar ham 
mavjud: a) «til- me’yor-nutq mutanosibligi» prinsipi; b) o‘zbek tili 
fanini o‘qitish orqali o‘quvchilar tafakkurining o‘sishiga erishish 
prinsipi; v) o‘zbek tilini o‘qitishda mavzulararo, bo‘limlararo va 
fanlararo bog‘lanishga qat’iy amal qilish prinsipi; g) o‘quvchilarni til 
hodisalarini ajratishga o‘rgatish prinsipi; d) o‘zbek tilini o‘qitish orqali 
o‘quvchilarning nutq malakalarini mustahkamlash va til sezgirligini 
oshirish prinsipi; e) ona tili o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va 
ta’sirini nazarda tutish prinsipi. 
Maktabda ona tili o‘qitishning bu o‘ziga xos prinsiplari 
umumdidaktik prinsiplar bilan uyg‘unlashib, ona tili darslari 
samaradorligini ta’minlovchi asosiy talablar silsilasini vujudga 
keltiradi. 
Quyida umumdidaktik va ona tili o‘qitishning o‘ziga xos 
prinsiplariga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin