Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tili o‘qitishda ta’lim, tarbiya va rivojlanishning



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Ona tili o‘qitishda ta’lim, tarbiya va rivojlanishning 
uyg‘unligi prinsipi. 
Maktabda o‘quvchilar ona tilining fonetikasi, 
leksikasi va grammatikasi yuzasidan o‘ta zarur bo‘lgan ilmiy bilimlar 
silsilasi bilan qurollantiriladi. Ular ona tili imlosi, talaffuzi, yozma 
nutqda tinish belgilarni to‘g‘ri ishlatish yuzasidan zarur ko‘nikma va 
malakalar bilan ta’minlanadi. Ayni vaqtda ona tili mashg‘ulotlari 
o‘quvchi shaxsini tarbiyalash va uni rivojlantirish vositasi hamdir. 


50
Ta’lim, tarbiya va rivojlanish–bir butun jarayon. Ularni bir-
biridan ajratgan holda alohida-alohida yoki darsning muayyan bir 
bosqichida birin-ketinlik bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘quvchilar 
til hodisalarini o‘rganishar ekan, ayni vaqtda shu jarayonda ularga 
tarbiya beriladi; shaxsi rivojlantiriladi. 
Ma’rifiy matnlar ta’lim, tarbiya va rivojlanishni ta’minlovchi 
muhim vositadir. 
Ona tili mashg‘ulotlarida tanlanadigan matnlar mavzu jihatidan 
rang-barang bo‘lsa, o‘quvchilarning til materiallariga qiziqish darajasi 
ham shuncha yuqori bo‘ladi. 
Ona tili darslarini o‘quvchilarning kundalik hayoti, mehnat 
faoliyati, turmushi bilan bog‘lash, foydalanish uchun tanlanadigan 
rasmlarning mazmun va mavzuiy rang-barangligini kuchaytirish 
darsning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi yo‘nalishini oshiradi. 
Ma’lumki, ona tili darslarida o‘quvchilar bajaradigan ishlar: 
kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat 
usullari; xayol, diqqat, xotira, tafakkur kabi shaxsiy psixik 
xususiyatlarni rivojlantirish, qiyinchiliklarni yengish mustaqil ijodiy 
faoliyat ko‘rsatishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ayni vaqtda 
o‘quvchi shaxsini rivojlantiradi. 
Shunday qilib, ona tili darslari ta’limiy,tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi maqsadlarni ko‘zlaydi. Bu prinsiplar qancha uyg‘un 
bo‘lsa, ona tili darslarining samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin