51
ona tilidan har bir sinfda o‘rganiladigan material hajm hamda mazmun
jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Maktabda ona tili fani o‘zbek tilshunosligida qo‘lga kiritilgan
yutuqlarga tayanadi. Bu prinsip o‘quvchilarni hozirgi o‘zbek
tilshunosligida qat’iy
hal etilgan, ilmiy asoslangan bilimlar bilan
qurollantirishni talab etadi.
Shubhasiz, o‘zbek tilshunosligida mavjud bo‘lgan barcha
bilimlarni bolaga berishning iloji yo‘q. Biz bolaga, asosan, o‘zbek
adabiy tilining boy imkoniyatlaridan og‘zaki
va yozma nutqda
bemalol foydalanish, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri o‘qish, to‘g‘ri fikrlash va
to‘g‘ri so‘zlash uchun unga zarur bo‘lgan bilimlarnigina berish
imkoniyatiga egamiz, xolos. Demak,
maktab ona tili kursi
o‘quvchilarni yuqorida tilga olingan malakalar bo‘yicha o‘ta zaruriy
bilimlar tizimi bilan qurollantiradi.
Ilmiylik prinsipini tushunarlilikdan ajratib bo‘lmaydi. Bu ikki
prinsip bir-birini to‘ldiradigan va dars samaradorligini ta’minlaydigan
yagona prinsip sanaladi. Sababi, ilmiy bilimlar tushunarli bo‘lmasa,
o‘quvchi uni o‘zlashtira olmaydi.
Maktab ona tili darsliklarida ilmiylik va tushunarlilikni ta’minlash
uchun quyidagilarni hisobga olish lozim:
fanda ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan, ilmiy
jihatdan asoslangan
maktab atamalarini ishlatish; har bir tushuncha va
atamaning ma’nosini atroflicha ochish; ularni bolalarning puxta
o‘zlashtirishlarini ta’minlash uchun yetarli
miqdorda asosli materiallar
bilan tahlil qilish;
o‘rganilayotgan o‘quv materialining oldin o‘rganilgan mavzular
bilan bog‘liqligiga amal qilish; bolalarni
keyingi mavzularni
o‘zlashtirishga tayyorlash; til asoslari, tushunchalarini o‘zaro
chog‘ishtirib o‘rganish;
ona tili ta’limi mazmunida grammatizmga yo‘l qo‘ymaslik,
o‘quv materialini bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlashga,
ijodiy fikr
mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki hamda yozma
shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishga bo‘ysundirish;
52
o‘quv topshiriqlarini o‘quvchilarning ruhiy (psixologik)
xususiyatlari va imkoniyatlariga mo‘ljallab tanlash.
Dostları ilə paylaş: