53
o‘quvchilarning nutqiy faoliyatiga olib
kirish orqali ular amaliy
ko‘nikma va malakaga aylanadi.
Sistemaviylik va izchillik prinsipi nafaqat o‘qituvchi faoliyatida,
balki o‘quvchi faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega. Fikrni bayon
qilish tartibini belgilash, bayon va insho
uchun oddiy va murakkab
reja tuzish kabi topshiriqlar o‘quvchilardan sistemaviylik va
izchillikni talab etadi.
Shunday qilib, sistemaviylik va izchillik prinsipi ona tili
ta’limining mazmunini belgilashda ham, o‘qituvchi faoliyatida ham,
o‘quvchi faoliyatida ham o‘z ifodasini topadi. Bu prinsipni amalda
tadbiq etish ta’lim mazmunini takomillashtiradi; o‘quvchilarning
o‘quv-biluv faolligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: