Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash 
prinsipi. 
Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyotga bog‘lash deganda
o‘quvchilarning tildan egallayotgan ilmiy–nazariy bilimlarini 
amalda qo‘llashini ta’minlash, ularni mustaqil turmush uchun zarur 
bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirishni tushunamiz. 
Nazariyani amaliyotga bog‘lash ona tili o‘qitishni foydali maqsadlarga 
burish, o‘rganilayotgan til hodisalarini o‘quvchilarning nutqiy 
faoliyatini rivojlantirishga bo‘ysundirish, til ta’limini hayot bilan
kundalik turmush bilan, odamlarning mehnat faoliyati bilan bog‘lash 
demakdir. 
O‘quvchi o‘z ona tilini yaxshi o‘rganib olsagina, uning zehni, 
aqli, ongi va umumiy madaniy darajasi ortadi. O‘z tilining keng 
imkoniyatlaridan og‘zaki va yozma nutqda bemalol foydalana 
oladigan shaxsgina xalq yaratgan madaniy-tarixiy boyliklardan 
xabardor bo‘ladi va u boshqa fanlar asosini chuqur o‘zlashtirishga 
dadil qadam tashlaydi. Og‘zaki hamda yozma nutqdan foydalanish 
malakasiga ega bo‘lgan o‘quvchi ertangi ishlab chiqarish va ijtimoiy 
hayotda ijodiy faoliyat ko‘rsata oladi. Mustaqil turmushga uning ona 
tilidan bilganlari, to‘g‘ri yozish va o‘qish malakalari, mazmunli va 
chiroyli so‘zlash san’ati, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos 
ravishda ifodalash ko‘nikmalari, ish qog‘ozlari bilan muomala qilish 


54
uquvi qo‘l keladi. Shuning uchun ham ona tili o‘qitishda nazariyani 
amaliyotga bog‘lash prinsipi juda muhim qonuniyat sanaladi. 
Ayrim o‘qituvchilar: «O‘quvchi o‘z ona tilining qonun-qoidalarini 
bilsa, aytib bersa, u savodli yozadi»,–degan fikrni ilgari suradilar. Bu 
fikrga qo‘shilish qiyin. Chunki ona tilining qonun-qoidalarini bilish 
boshqa, undan amaliy ish jarayonida foydalanish ko‘nikmalariga ega 
bo‘lish boshqa. 
Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash maqsadida 
har bir soatlik dars mashg‘ulotida o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzu 
yuzasidan nimalarni bilishlari va nimalarni amalda qo‘llay olishlari 
lozimligini aytishi maqsadga muvofiqdir. 
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilar tomonidan tuziladigan 
matnlar, yoziladigan bayon va insholar nazariy bilimlarni amaliy 
ko‘nikmaga aylantirishga yordam beradi. 
Shunday qilib, til hodisalarini tahlil qilish va tahlil qilingan 
hodisalarga tayanib xulosalar chiqarish, o‘rganilgan qoidalarni dalillar 
vositasida isbotlash, matn ustida ishlash, ijodiy-amaliy topshiriqlardan 
foydalanish nazariyani bevosita amaliy faoliyatga olib o‘tadi. 
Ona tili ta’limini turmush bilan bog‘lashning asosiy omillaridan 
biri o‘quvchilarga ish qog‘ozlaridan foydalana olish malakalarini 
singdirishdir. O‘qituvchi har bir bo‘lim va mavzuning talabi hamda 
imkoniyatidan kelib chiqib, bu ishni amalga oshirish choralarini 
ko‘rishi lozim. Chunonchi, «Atoqli otlar va ularning imlosi» mavzusi 
o‘rganilar ekan, manzilgoh yozish ustida ish olib borilsa, «Shart 
maylidagi fe’llar» mavzusini o‘rganishda qaror matni ustida to‘xtalish 
maqsadga muvofiqdir. 
Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyotga bog‘lash prinsipi vaqtli 
matbuot, ommaviy axborot vositalari, badiiy adabiyotdan unumli 
foydalanishni talab etadi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin