Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tili o‘qitishda onglilik, faollik va mustaqillik prinsiplari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Ona tili o‘qitishda onglilik, faollik va mustaqillik prinsiplari. 
Didaktik adabiyotlarda onglilik deganda o‘rganilayotgan mavzuga oid 
axborot mazmunini asosli egallash, xulosa va umumlashmalarni 
chuqur va atroflicha fahmlash, mavzu yuzasidan bilimlarni sistemali 
va to‘g‘ri bayon qilish, egallangan bilimlarning ishonch va e’tiqodga 


55
aylanishi, o‘rganilgan bilimlardan turmushda mustaqil foydalana olish 
tushuniladi. Bu prinsip til hodisalarining mohiyatini anglab, tushunib, 
ongli o‘zlashtirishni talab qiladi. 
Onglilik prinsipi o‘quvchida ona tili o‘qitishning asosiy 
maqsadini to‘g‘ri anglash, mavzularni ongli egallash, bilimlarni 
o‘rganish va o‘zlashtirish, mustahkamlash kabi xususiyatlarni 
tarbiyalaydi.
Ona tili materiallarining ongli o‘zlashtirilishini ta’minlash 
o‘qituvchi oldiga qator talablar qo‘yadi. Bu talablar: 
a) o‘quv materialining bolalar yosh xususiyati va bilim saviyasiga 
mos tushishi, ularning o‘quv imkoniyatlariga to‘g‘ri kelishi; 
b) o‘rganiladigan materialni o‘rganilgan materiallar bilan uzviy 
bog‘lash; 
v) 
grammatik tushunchalar yuzasidan bolalarning fikrlash 
faoliyatini yuzaga keltirish; zaruriyat tug‘ilganda ana shu 
tushunchalarni qisqa va tushunarli izholash; 
g) misollarning aniq va hayotiy bo‘lishi, o‘quvchilar topgan 
misollardan unumli foydalanish; 
d) mashqlarning qiziqarliligi va xilma-xilligiga erishish; 
e) darsni ma’lum bir sistemada olib borish
yo) tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurol va texnik vositalardan 
unumli foydalanish kabilar bo‘lib hisoblanadi. 
Onglilik ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faollik ko‘rsatishi 
bilan chambarchas bog‘langan. Chunki ta’lim jarayonida 
o‘quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirmay turib, o‘quv 
materialining ongli o‘zlashtirilishiga erishib bo‘lmaydi. O‘quvchi dars 
jarayonida ongli ravishda o‘zlashtirgan bilimlardangina amaliy 
faoliyatda bemalol foydalanishi mumkin. 
Ta’limda faollik va mustaqillik o‘zaro uzviy bog‘langan didaktik 
kategoriyalardir. Har qanday faollik asosida aqliy faoliyat yotadi. 
Ammo bu «faollik» va «mustaqillik» bir xil tushunchadir degan fikrga 
olib kelmasligi kerak. «Faollik» «mustaqillik» tushunchasiga nisbatan 
ancha keng ma’noga ega. Faollik deganda biz o‘quvchining ham 
o‘qish, ham mehnat, ham ijtimoiy topshiriqlarni bajarish jarayonidagi 


56
faoliyatini nazarda tutamiz. O‘quv faolligi umumiy faollikning 
ajralmas qismi bo‘lib, u bilimlarni egallash, bilishga qaratilgan 
faoliyatdir. Demak, bilish faolligi bola faoliyatining mahsuli bo‘lib, 
bilimlarni egallashda faol ishtirok etish, kuchaytirilgan faoliyat 
ko‘rsatish demakdir. 
«Faollik» va «faollashtirish» ham bir tushuncha emas. Faollik 
shaxsning bilimlarni puxta egallash, o‘z ehtiyojlarini qondirishga 
qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollashtirish esa muayyan faoliyat 
jarayonida shaxsning aqli, hissiyoti va irodasini kuchaytirish, 
takomillashtirish orqali uning ish qobiliyatini oshirish demakdir. 
К
o‘pgina pedagogik adabiyotlarda: «Agar o‘qituvchi materialni 
tushunarli bayon qilib bersa, ko‘rgazmali qurollar hamda texnik 
vositalardan foydalansa, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini 
hisobga olib, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ish olib borsa, 
o‘quv jarayoni faollashib, ta’lim samarali bo‘ladi»,– degan fikr ilgari 
suriladi. Faollik mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatish orqali ta’minlanadi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin