Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tili o‘qitishda ko‘rgazmalilik prinsipi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Ona tili o‘qitishda ko‘rgazmalilik prinsipi. 
Bilimlarni qabul 
qilish va o‘zlashtirishda barcha sezgi a’zolarining faoliyatini to‘g‘ri 
uyushtirish katta ahamiyatga ega. Sezgi a’zolari qanchalik ko‘p 
ishtirok qilsa, bilish shuncha osonlashadi. 
К
o‘rgazmalilik ona tili o‘qitishning muhim qonuniyati sanaladi. 
Chunki bu fanning tabiati ko‘rgazmalilikni ko‘proq talab etadi. 
Tildagi mavhum tushunchalarning mohiyatini anglash bu prinsipdan 
keng foydalanishni taqozo etadi. O‘quvchi ko‘rish orqali narsa-hodisa, 
ularning tildagi ifodasi xususida aniq tushunchaga ega bo‘ladi. 
К
o‘rgazmalilik prinsipiga ko‘ra til hodisalarini o‘rganish, 
kuzatish, sezishdan boshlanadi. Bola turli nutq tovushlari, so‘zlar, 
gaplarni talaffuz etish, eshitish, yozish, ko‘rish orqali sezadi. 
К
uzatish 
vositasida bolalar ongida til hodisalari to‘g‘risida hissiy aniq tasavvur 
hosil bo‘ladi. O‘qituvchi bolalarni til hodisalarini sezishdan ularning 
mohiyatini anglashga, til hodisalarini tasavvur etishdan grammatik 
tushunchalarni atroflicha o‘zlashtirishga qarab olib boradi. 
К
o‘rgazmali material muhim axborot manbayi hamdir. Chunki 
o‘quvchi darslik, o‘qituvchining bayoni, gazeta va jurnallardan 


57
qanday axborot olsa, ko‘rgazmali materialdan ham shunday ma’lumot 
olishi mumkin. 
Ona tili darslarida tabiiy yoki aniq buyumlardan (predmetlarning 
asl namunasi: masalan, anor, olma, bino maketi va h.k.), grafik 
materiallar (chizma, jadval kabi)dan; tasviriy san’at, musiqa, kino, 
televideniya kabi vositalardan foydalaniladi. Ona tili mashg‘ulotlarida 
televizor, epidiaskop, filmoskop, magnitofon kabi texnik vositalardan 
foydalanish dars samaradorligiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu 
vositalar til hodisalarini tushunishga, ona tilidan egallangan nazariy 
bilimlarni mustahkamlashga, uni amaliy ko‘nikmaga aylantirishga 
yordam beradi. Ayniqsa, tasviriy san’at namunalari, o‘quv filmlari, 
diafilmlar va diapozitivlar o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini 
rivojlantirishda muhim vosita sanaladi. Shuni nazarda tutib, ona tili 
o‘qituvchisi til kabinetini shu vositalar bilan ta’minlash chorasini 
ko‘rishi, ayniqsa, rasmli albomlar tashkil etishi, rasmli tarqatma 
materiallarini ko‘paytirishi lozim. 
К
o‘rgazmali qurollardan barcha turdagi darslarda va darsning 
barcha bosqichlarida unumli foydalansa bo‘ladi. O‘quv materialini 
mustahkamlash va takrorlash jarayonida ko‘proq reproduktiv 
xarakterdagi ko‘rgazmali qurollardan foydalansak, yangi bilimlar 
berishda izlanuvchanlikni talab qiladigan ko‘rgazmali qurollar ishga 
solinadi. Demak, ko‘rgazmalilik prinsipini amalga oshirish orqali 
o‘quvchilarning qayta xotiralashga asoslangan faoliyatini ham, qisman 
izlanuvchanlik faoliyatini ham, ijodiy faoliyatni ham uyushtirish 
mumkin. 
К
o‘rgazmali qurol me’yorida qo‘llanilishi lozim. Haddan tashqari 
ortiqcha ko‘rgazmali vosita o‘quvchilarni toliqtiradi; fikrni asosiy 
masaladan chetlashishga olib keladi; o‘quv materiali uchun ajratilgan 
vaqtning etishmasligiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin