Ona tili o‘qitish metodiкasi


O‘zbek tilini o‘qitish orqali o‘quvchilar tafakkurining



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

O‘zbek tilini o‘qitish orqali o‘quvchilar tafakkurining 
o‘sishiga erishish prinsipi.
Ona tili darslari o‘quvchilarning mantiqiy 
tafakkurini o‘stirishda yaxshi imkoniyatlarga ega. Tafakkur 
voqelikning ongli aks etish jarayoni, inson aqliy faoliyatining yuksak 
shaklidir. Tafakkur orqali fikr vujudga keladi. Fikrlash faoliyati esa 
nutq holatida namoyon bo‘ladi. Demak, o‘quvchi o‘z tafakkurini 
rivojlantirmay turib, og‘zaki va yozma nutqni egallay olmaydi. 
Tafakkur kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, 
guruhlash kabilarda namoyon bo‘ladi. 
Tafakkur mustaqil aqliy faoliyat mahsulidir. O‘quvchi til 
hodisalari yuzasidan mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatmas ekan, unda 
mantiqiy tafakkurning rivojlanishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. 
Ijodiy izlanish va ijodiy fikrlash o‘quvchida ijodiy tafakkurni yuzaga 
keltiradi. Ijodiy tafakkur esa o‘quvchilarda noma’lum bo‘lgan til 
hodisalarining mohiyatini bilib olishga yordamlashadi; egallangan 
bilimlarning puxtaligini ta’minlaydi; o‘quv materialiga bo‘lgan 
qiziqishni kuchaytiradi. 
O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishda ularga beriladigan savol 
va topshiriqlarning ahamiyati benihoya katta. O‘qituvchi savol va 
topshiriqlarni darslikdan olishi yoki uni o‘zi tuzishi mumkin. 
Tafakkurni rivojlantirish aqliy faoliyat usullari (kuzatish, qiyoslash, 
guruhlash, umumlashtirish kabi)ni to‘g‘ri ishga solish bilan 
chambarchas bog‘langan. 
Ona tili kursi bo‘limlari orasidagi bog‘lanish va boshqa fanlar 
bilan o‘zaro aloqani ta’minlash prinsipi. 
Ona tili o‘qitish 
samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri mavzulararo, 
bo‘limlararo, sinflararo, fanlararo bog‘lanishdir. 


63
Ona tili o‘qituvchisi mavzular va bo‘limlarning bog‘lanishi, 
aloqasini aniq belgilashi va o‘qitish jarayonida unga amal qilishi 
lozim. V sinfda «Leksika» bo‘limi o‘rganilar ekan, u so‘z yasalishi va 
grammatika bilan, fonetika so‘z yasalishi va morfologiya bilan uzviy 
bog‘lanadi So‘z yasalishi esa leksika bilan ham, morfologiya bilan 
ham chambarchas bog‘langan. Chunki so‘z yasash natijasida yangi 
leksik ma’noli so‘zlar hosil bo‘ladi, yangi yasalgan har bir so‘z 
ma’lum so‘z turkumi sifatida shakllanadi. 
Maktab ona tili kursining turli bo‘limlari orasidagi o‘zaro 
bog‘lanishga amal qilish o‘qituvchiga o‘tilganlarni samarali, 
mukammal takrorlash va mustahkamlash imkonini beradi. Chunonchi, 
o‘quvchi mustaqil so‘zlarni o‘rganar ekan, bunday so‘zlarning 
sintaktik vazifalarini, sintaksisni o‘rganishda esa so‘z turkumlari 
haqidagi ma’lumotlarni takrorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Ona tili fani ichidagi bog‘lanish ikki xil ko‘rinishga ega: 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin