64
paydo bo‘ladigan yangiliklarni oldindan ko‘ra olishlari va, aksincha,
ona tili o‘qituvchilari boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqida
paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarni bilishlari shart.
Ona tili o‘qitishda bu o‘quv fanining boshqa o‘quv
fanlari bilan
aloqasini ta’minlash ham muhim metodik talab sanaladi.
Ma’lumki, ona tili maktabda o‘rganiladigan
barcha fanlarni puxta
o‘zlashtirish uchun muhim kalit sanaladi. Til vositasida o‘quvchi
boshqa fanlarni o‘rganadi. Barcha o‘quv fanlari yuzasidan o‘z fikrini
yozma va og‘zaki ravishda bayon etish orqali u ona tilini ham
puxtaroq egallab boradi. Deyarli hamma fanlar o‘quvchilarning lug‘at
boyligini o‘stirish, orfografik savodxonligini
oshirish, nutq
malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Demak, o‘quvchilarda
yuksak nutq madaniyatini tarbiyalash nafaqat ona tili darslari, balki
maktabda o‘rganiladigan barcha fanlar orqali amalga oshiriladi.
Ona tili turli yo‘nalishlar orqali boshqa o‘quv fanlari bilan
bog‘lanadi. So‘zning genetik nuqtayi nazaridan kelib chiqishini
aniqlash uchun tarix faniga murojaat qilinsa,
til hodisalarini
taqqoslash uchun o‘quvchilar o‘rganayotgan boshqa o‘quv fanlariga
murojaat qilinadi. Nutq uslublarini aniqlash uchun esa adabiyot, tarix,
matematika, kimyo, fizika kabi fanlar o‘qituvchiga yordam beradi.
Shunday qilib, ona tilining boshqa fanlar
bilan aloqasini uch katta
guruhga ajratish mumkin:
a) genetik bog‘lanish;
b) qiyosiy bog‘lanish;
v) funksional bog‘lanish.
Dostları ilə paylaş: