65
tovush, harf, unli, undosh, jarangli tovush, jarangsiz tovush, bo‘g‘in,
urg‘u kabi zaruriy atamalar bilan ish ko‘radi. Agar o‘quvchi bu
atamalarning ma’nosini tushunmasa, bo‘lim
ular tomonidan
o‘zlashtirilgan deb bo‘lmaydi.
Til hodisalarini ajrata olmaslik ko‘p hollarda ularni aralashtirib
qo‘llashga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilar
barmoq, sarg‘ish,
ishlash
kabi so‘zlar tarkibidagi -moq, -ish, -sh qo‘shimchalariga
qarab, uni harakat nomi deb atashadi. Ayniqsa, kelishik bilan egalik,
turlanish
bilan tuslanish, morfologik tahlil bilan sintaktik tahlil
kabilarda ularni farqlay olmaslik holatlari ko‘p uchraydi. Buning
uchun oldin o‘rganilgan atama bilan keyin o‘rganiladigan atama
orasida musgahkam zanjir hosil qilinmog‘i lozim. Zero,
bilimlar
xalqalardan tashkil topgan bir butun zanjirdir.
Til hodisalarini ajratish, ayniqsa, matn ustida ishlash jarayonida
ko‘proq kerak bo‘ladi. Chunki o‘quvchi tanlangan matndan u
yoki
bu til hodisani ajratishi, uning mohiyatini sharhlashi, shu asosda
umumlashmalar hosil qilishi lozim.
Ona tili o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda
tutish prinsipi.
Ma’lumki, o‘zbek tili o‘zining
sheva qatlami jihatidan
xilma-xil va juda murakkabdir. O‘zbek milliy tili boshqa qardosh
turkiy tillarga nisbatan juda sersheva hisoblanadi. Professor
V.V.Reshetov tasnifiga ko‘ra, o‘zbek xalqi qatlamida tarixiy-
lingvistik jihatdan bir-biridan ajraladigan (farq qiladigan)
uch dialekt
birligi bor: 1) qipchoq; 2) o‘g‘iz; 3) qarluq–chigil–uyg‘ur.
Bu yirik dialektlarning har biri, ayniqsa, qarluq–chigil–uyg‘ur
lahjasi, o‘z navbatida, bir necha ayrim mayda bo‘laklarga bo‘linadi.
Dialektlar fonetik xususiyatlari jihatidan
Dostları ilə paylaş: