Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo‘l bilan bayon
qilish metodi.
Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat
sermahsul faoliyatdir. O‘quvchi til hodisalarini tayyor holda
o‘zlashtirmay, uni izlasa, aktiv ijodiy faoliyat ko‘rsatsa, o‘zlashtirish
jarayoni ancha samarali bo‘ladi. Muammoli ta’lim ana shunday
izlanish va ijodiy faoliyat ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama
rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
«Muammoli ta’lim»
tushunchasi pedagogik adabiyotlarda
garchand keyingi yillarda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo bu
izlanuvchanlikka asoslangan g‘oya ming yildan ortiqroq tarixga ega.
Sharq mutafakkirlari bilish izlanish mahsuli ekanligini alohida qayd
qilgan edilar. O‘rta asrning buyuk donishmandi Abu Ali ibn Sino
(980–1037) o‘zining «Donishnoma» asarida qiyinchiliklarni yengish
orqali bilimlarni egallashning afzalligini ko‘rsatgan edi.
Umar Xayyom (1042–1112) «Matematik traktatlar»ida bilish
uchun fikrlash zarurligiga, qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun
o‘ylash kerakligiga da’vat etadi. Al -Tusiy (1201–1274) esa bilimlarni
puxta egallash uchun mustaqil izlanishning zarurligini alohida qayd
qiladi. Bu g‘oya keyinchalik evristik ta’lim nazariyasining yuzaga
kelishiga asos bo‘ldi. XIX asrning 70-yillarida Rossiyada yashagan bir
guruh tilshunos olimlar (S.P.Baltalon, M.A.Ribnikova) evristik ta’lim
nazariyasini ko‘tarib chiqib, o‘quvchilarni mustaqil ishlatish yo‘li
bilan ularni faollashtirishga erishish mumkinligini asoslab berdilar.
O‘quvchilarni izlanishga undash suhbat asosida amalga oshiriladi.
Har qanday izlanishga asoslangan suhbat jarayonida muammoli
vaziyat yaratish ehtiyoji bor.
Bilimlarni muammoli yo‘l bilan bayon qilish o‘quvchilarning
ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishga, noma’lumni izlab topish
75
jarayonida o‘zligini namoyon etishga imkon beradi. Muammoli
ta’limda o‘quvchilarning faoliyati shunday tashkil etiladiki, ularda
o‘rganilayotgan bilimlarga ehtiyoj tug‘diriladi. Bu metod o‘rganilishi
ko‘zda tutilgan til hodisasini o‘quvchidan pinhon saqlaydi; unda
bilishga ehtiyoj, zaruriyat tug‘iladi. Muammoli ta’lim o‘quvchilarning
mustaqil ijodiy fikrlashini o‘stirishga qaratilgan. Bunday ta’lim esa
rivojlantiruvchi ta’limdir.
Muammoli o‘qitish muammo yaratish (muammoni vujudga
keltirish) bilan boshlanadi.
«Muammoli o‘qitish,–deb yozadi A. M. Matyushkin,–ta’limning
boshqa tizimlari va metodlariga tamoman zid emas. Uning
xususiyatlari ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida–yangi bilimlarni
o‘rganish jarayonida–yangicha faoliyat ko‘rsatish shartlari hamda
usullarini o‘rganish bilan xarakterlanadi».
Muammoli darslarni quyidagi bosqichlar asosida tashkil etish
mumkin:
– darsning boshlanishi. Bu bosqichda o‘quvchilarning o‘quv
materialiga qiziqishlarini oshirishga oid ishlar qilinadi. O‘quvchilar
oldiga mavzuga doir muammolar qo‘yiladi.
– mavzu bo‘yicha qo‘yilgan muammolar ustida o‘qituvchi va
o‘quvchilarning birgalikda ishlashi;
– o‘rganilgan bilimlarni qo‘llab, topshiriqlarni bajarish;
– mavzu yuzasidan yakunlovchi xulosa chiqarish
.
Ona tili ta’limi jarayonida muammoli vaziyat quyidagi hollarda
yuzaga keladi:
noma’lumni izlab topish, qiyinchilikni bartaraf etish zaruriyati
tug‘ilganda;
ona tilidan egallangan bilimlarni yangi sharoitda qo‘llash
ehtiyoji yuzaga kelganda;
muammoli topshiriq bilan uni bajarish usuli o‘rtasida
nomutanosiblik vujudga kelganda.
Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi
usullaridan foydalanish mumkin:
|