Berilgan matnning mazmunidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratish. O‘qituvchi darslikda berilgan yoki o‘zi tanlagan
matnni o‘qitib, shu asosida ham muammo qo‘yishi mumkin. Masalan,
o‘quvchilar e’tiboriga quyidagi matn havola etiladi:
Ilmga amal qilmaslik jazosi. Amir Abdullaxon xos navkarni
hamisha o‘zi bilan olib yurar ekan. Amir huzuridagi suhbatlarda
bir shoir Amir Xisrav Dehlaviyga nisbat berib shu baytni o‘qiydi:
« К erak odamga so‘zni ko‘p bilmoq Vale oni juda ham oz aytmoq». Amirga bu bayt juda ma’qul bo‘ladi.
К
unlardan bir kun Amir o‘zining
so‘zamol, sergap vaziriga Dehlaviyning ta’birini eslatib, tanbeh
beradi. Vazir Amirga :
«Avf eting, shohim. Bu so‘zlar Dehlaviyniki emasalan, shayx
Nizomiy qalamiga mansub»,–deb e’tiroz bildiradi. Amir hayrat
bilan navkariga qaraydi. Navkar bosh egib:
– Ulug‘ amirim, vazir haq. Bu ta’bir – Nizomiy Ganjaviyning
«Xisrav va Shirin» dostonidan. Shoir sizga noto‘g‘ri aytgan edi, – deb
javob beradi.
Amir jallodni chaqirib, navkarning tilini kestiradi.
Muammoli savol: Nega navkarning tili kesildi?
Ona tilidan masala tipidagi o‘quv topshiriqlari til hodisalarini
kuzatish, qiyoslash, guruhlash kabilarga asoslanadi. O‘quvchi tildan
egallangan bilimlarga asoslanib noma’lumni qidiradi.
Masalaning muhim belgisi uning isbot talabligidir. O‘quvchi
berilgan topshiriqlarni bajargach, muayyan bir xulosaga keladi va o‘z
shaxsiy fikr- mulohazalarini isbotlash zaruriyati tug‘iladi.
Quyida o‘quv topshiriqlaridan ayrim namunalar keltiriladi:
«Fonetika»dan: 1- masala
. Avval unli, keyin undosh tovushlarni talaffuz qilib
ko‘ring. Siz ular orasida qanday farqni sezyapsiz? Qaysi belgilarga
78
qarab ularni unli va undosh tovushlarga ajratdingiz?