89
Darsning ta’limiy maqsadi o‘rganilayotgan til hodisasi yuzasidan
o‘quvchilarda puxta bilim, ko‘nikma va
malakalar hosil qilish, uni
amaliy nutqiy faoliyatda qo‘llash kabilarni talab etsa, tarbiyaviy
maqsad shu til hodisasi orqali bolalarda milliy tilga muhabbat, uni
puxta egallashga kuchli ishtiyoq,
milliy qadriyatlar, an’analar, urf -
odatlar ruhida tarbiyalashni asosiy talab darajasiga ko‘taradi.
Rivojlantiruvchi maqsad o‘quvchilarni mustaqil xulosalar
chiqarish, yuzaga kelgan o‘quv qiyinchiliklarini mustaqil ravishda
yengish, o‘zida qat’iylik, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilishga
o‘rgatishni talab qiladi.
К
eyingi yillarda ayrim maktablarda darslar 30
daqiqalik shaklda
ham o‘tkazilmoqda.
Ona tili mashg‘ulotlari oldiga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:
DTS talablari doirasida:
– o‘quvchilar nutqini o‘stirish, imlo savodxonligini oshirish,
talaffuz me’yorlarini shakllantirish va rivojlantirish, ifodali o‘qish
uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish;
– ta’lim prinsiplariga qat’iy amal qilish,
dars metodlari, vositalari
va usullarini to‘g‘ri belgilash;
– ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg‘unligini ta’minlash;
– qayta xotiralash, qisman ijodiy va to‘liq ijodiy topshiriqlar
o‘rtasida mutanosiblikni tanlash; ijodiy fikrlashga undaydigan o‘quv
topshiriqlariga keng o‘rin
ajratish;
– bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishda o‘quvchilar yoshi,
o‘qish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
Dostları ilə paylaş: