Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«Egizaklar»
o‘yinida o‘quvchilarga so‘zlar tarkibida qo‘sh 
undoshlar kelishini izohlagach, ularni egizaklarga o‘xshatish 
mumkinmi, deyiladi. Bolalar uchun bu esda qoladigan o‘yin bo‘la 
oladi. Agar bir xil (
mm, ll, ss
) undosh bo‘lsa, Hasan-Husan, ikki xil 
undosh qo‘sh kelsa, (
nch, st, nd
) Hasan-Zuhra kabi obrazli 
o‘xshatishlar aytilsa, o‘quvchilar darrov shunday so‘zlarni izlashadi, 
o‘yin qiziqarli bo‘ladi. 
Namuna: 
Hamma, ammo, pilla, tilla, issiq, hissa

Ganch, do‘st, juft, qand, vaqt, baxt,taxt. 
Egizaklarni joylashtiring. 


114
1. si...(sinch) 
ti...(tinch) 
ga...(ganch) 
ta...(tancha) 
qa...(qancha)
shu...a(shuncha) 
2. sa...ar(sarvar) 
ga...ar(gavhar) 
se...ir(sezgir) 
ra...(rahm) 
ra...ar(rahbar) 
za..ar(zargar) 
O‘quvchilardan qaysi biri topshiriqni to‘g‘ri bajarsa, o‘yin g‘olibi 
hisoblanadi. 
«Aytiladigan so‘zlarga – at qo‘shimchasini qo‘shib so‘zlarni 
to‘g‘ri yozing» 
o‘yini. 
O‘quvchilarga oxiri –
iy
qo‘shimchasi bilan tugagan so‘zlar 
(
zaruriy, majburiy, xususiy, qonuniy, rasmiy, qat’iy, madaniy, she’riy
 
va h.k.) aytib turiladi. O‘qituvchilardan bu so‘zlarga –
at
qo‘shimchasini qo‘shib yozish talab etiladi. (Masalan, 
zaruriyat, 
majburiyat, xususiyat, qonuniyat, rasmiyat, qat’iyat, madaniyat, 
she’riyat
 
va h.k.). So‘zlarni xatosiz yozgan guruh o‘yin g‘olibi 
sanaladi. Guruh o‘quvchilari yo‘l qo‘ygan xatolarni aniqlashda o‘zaro 
tekshirishdan foydalanish ham mumkin. 
«Nega lug‘atda buva so‘zi buvi so‘zidan oldin yoziladi?» 
o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilar lug‘atlarida so‘zlar faqat birinchi harf 
bilan emas, balki keyingi harflarning ham alifboda berilish tartibiga 
joylashtirilishini sharhlaydilar. Ular 
buva
so‘zidagi to‘rtinchi harfi
a
,
buvi
so‘zidagi to‘rtinchi harfi 
i
dan alifboda oldin joylashganligini 
aytadilar. Lug‘atda u yoki bu so‘zning joylashish tartibini to‘g‘ri 
sharhlab bergan o‘quvchi o‘yin g‘olibi sanaladi. 
Fan-texnika tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan, odamlarning turli 
xildagi ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, izohli lug‘atlar bilan 
ishlashiga ko‘proq ehtiyoj sezilayotgan bir paytda so‘zni lug‘atdan tez 
topish ko‘nikma va malakalari ustida ish olib borish ona tili ta’limi 
oldida turgan muhim talablardan biridir. Ana shu maqsadda ayniqsa, 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin