Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

moq
 
qo‘shimchasi bilan berilishini bilishlari zarur. 
«Sinonim (ma’nodosh) so‘zlarning izohli lug‘ati» ustida 
ishlash. 
Ma’nodosh so‘zlar ma’nolari bir-biriga yaqin so‘zlar sirasidir. 
Chunonchi
yuz, bet, aft, bashara, chehra, jamol, diydor, oraz, uzor, 
ruxsor
kabi so‘zlar qatori shunday siralardandir. 
Ma’nodosh so‘zlar qatorida bitta so‘z, albatta, umumiy ma’noli, 
keng iste’molli so‘z bo‘ladi. Yuqoridagi siralarda 
yuz
shunday so‘z 
sanaladi. Bunday so‘z ma’nodosh so‘zlar qatorining bosh, yetakchi 
yoki asosiy so‘zi sanaladi. Ma’nodosh so‘zlar qatoridagi boshqa 
so‘zlarning ma’nosi bosh so‘z ma’nosiga nisbatan sharhlanadi. 
Ma’nodosh so‘zlar qatori lug‘atda bosh so‘z atrofida berilishi
kerak va har bir ma’nodoshning ma’nosi qisqacha izohlanishi 
lozim. Chunonchi, yuz so‘zining ma’nodoshlari uyasi taxminan 
quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi: 

bu so‘zlar sirasi lotin grafikasidagi 
yu
harfi bobida berilishi 
lozim. Chunki qatorning bosh so‘zi 
yuz
yu
harfi bilan boshlanadi; 

qatordan keyin ma’nodosh so‘zlarning umumiy ma’nosi 
tavsiflanadi. Chunonchi, yuz-bosh old qismining umumiy ko‘rinishi. 
Bet, aft, bashara, angor, turq 
so‘zlarida salbiy munosabat bo‘yog‘i 
oshib boradi. Masalan, 
Mastning betiga qaragim kelmaydi. Mastning 
aftiga qarab bo‘lmas edi. 
Chehra

jamol

diydor
so‘zlarida ijobiy munosabat darajalanadi. 
Masalan, 
Uning quvnoq chehrasidan xursandligi bilinib turardi. 
Do‘st jamoli tunni ham yoritadi
kabi . 
Shunday qilib, lug‘at bilan ishlash ona tili mashg‘ulotlarining 
tarkibiy qismiga aylanmog‘i shart. Agar o‘quvchilar qo‘lida lug‘at 
bo‘lmasa, biz ularni shunday lug‘atlar tuzishga o‘rgatishimiz, 
qiziqtirishimiz zarur. 
Jamiyatimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida ta’lim vositalari 
tobora ko‘paymoqda. Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan 


137
rivojlanishi natijasida EHM, lingafon texnikasi, o‘quv filmlaridan
foydalanishga ko‘proq zaruriyat sezilmoqda.
O‘qituvchi shuni unutmasligi lozimki, u ta’limning turli 
vositalariga murojaat etsa, mashg‘ulotlarning samaradorligi shuncha 
ortadi; ona tili materiallarining puxta va ongli o‘zlashtirilishini 
ta’minlash, nutqiy malakalarni takomillashtirish imkoniyatlari 
kengayadi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin