Ona tili o‘qitish metodiкasi


«Ravish» so‘z turkumini o‘qitish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«Ravish» so‘z turkumini o‘qitish. 
Ma’lumki, mustaqil ma’noli 
o‘zgarmas so‘zlar ravishlardir. Ravishlar belgini, miqdor yoki holatni, 
o‘rin, payt ma’nolarini ifodalaydigan, lug‘aviy shakllarga ega 
bo‘lmagan mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘zlar bo‘lib, ular o‘z 
ma’nosi bilan ot, sifat, sonlarga yaqin turadigan so‘zlar sanaladi va 
sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi bilan
yuqoridagi so‘zlardan farq qiladi. O‘quvchilar berilgan so‘zlarga
ko‘plik (-lar), qiyosiy daraja (-roq), egalik (-im, -ing, -i, -si), kelishik 
( -ning, -ni, -ga, -da, -dan) qo‘shimchalarini qo‘shib, bu 
qo‘shimchalarni qabul qilmaydigan so‘zlarni aniqlash, o‘zgarmas 
so‘zlar qatorini davom ettirish, berilgan ravishlarni ma’no guruhlariga 
ajratish, 
-ona, -larcha, -chasiga 
qo‘shimchalari yordamida 


212
qo‘shimchadosh so‘zlar hosil qilish orqali bu turkumdagi so‘zlar 
xususida umumiy ma’lumotga ega bo‘ladilar. 
Ravish xususida umumiy ma’lumot berilgach, ular tub va 
yasamalarga ajratiladi. 
Tub va yasama ravishlarni o‘rganish jarayonida 
-larcha,-chasiga, 
-ligicha, -ona, -an, -lay, -incha 
qo‘shimchalari yordamida so‘zlar hosil 
qilish (masalan, 
yangicha, boshqacha, qahramonlarcha, o‘rtoqlarcha, 
buxorochasiga, eskichasiga, issiqligicha, tirikligicha, saharlab, 
nahorlab, mardona, fikrona, umuman, taxminan, butunlay, tiriklayin, 
ko‘pincha, aksincha
), berilgan so‘zlardan qo‘shma ravishlar hosil 
qilish, bu so‘zlar yordamida gaplar qurish singari amaliy ishlar 
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda muhim o‘rin egallaydi. 
Berilgan ravishlarga ma’nodoshlar topish (masalan, 
doim–
hamisha–surunkasiga; arang–zo‘rg‘a
), ravish–antonimlar ro‘yxatini 
tuzish, so‘zlarni takrorlash yo‘li bilan ravishlar hosil qilish (masalan, 
yuzma-yuz, ketma-ket
), nuqtalar o‘rniga zarur ravishni topib qo‘yib, 
gaplarni ko‘chirish, gaplarda ajratilgan ravishlarni ularning 
ma’nodoshlari bilan almashtirish kabi mustaqil ishlar o‘quvchilarning 
so‘z boyligini oshirishda muhim omil sanaladi. 
Ravishlarning ma’no guruhlari ustida ishlash ham o‘quvchilar 
lug‘atini boyitishning muhim manbaidir. Xususan, berilgan matn yoki 
gaplarda 
qanday? qay tarzda? qay holda? 
so‘roqlariga javob 
bo‘ladigan holatni ifodalovchi so‘zlarni ajratish (masalan, 
qahramonlarcha, botirlarcha, fidokorona, astoydil
), 
qachon? 
qachongacha? qachondan? qachondan beri? 
so‘roqlarining har biriga 
javob bo‘ladigan paytni ifodalovchi so‘zlar topish (masalan, 
bugun, 
hozir, kech, tunda, qadim, burun, bultur, tunov kun, hamisha
), 
q
aerda? qaerdan? qaerga? 
so‘roqlariga javob bo‘ladigan o‘rinni 
ifodalovchi so‘zlar ro‘yxatini tuzish (masalan, 
unda, bunda, pastda, 
quyida, uzoqda
), 
qancha? qay darajada? 
so‘roqlariga javob 
bo‘ladigan so‘zlarni alohida guruhlash (masalan, 
juda, oz-ozdan, 
g‘oyat, ancha, sal, mo‘l
), bu so‘zlarga ma’nodosh va uyadoshlar 
tanlash, har bir guruhdagi so‘zlarning ma’no nozikligi ustida ishlash, 
bu so‘zlar yordamida gaplar tuzish va matnlar yaratish kabi amaliy 


213
ishlardan foydalanish yaxshi samara ko‘rsatadi. Ravishlarning ma’no 
guruhlari ustida ishlashda berilgan qoliplar (masalan, «sifat+
ligicha», 
«son+lab» 
va h.k.) so‘zlar hosil qilish, bu hosilalarning ma’nosini 
sharhlashdan ham foydalansa bo‘ladi. 
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda ravishlar qatnashgan 
so‘z birikmalaridan foydalanish mumkin. Xususan, berilgan gaplar 
yoki matndan ravishlarni topib, uni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga 
ko‘chirish, berilgan fe’lga ravishlar topib qo‘yib, so‘z birikmalari 
hosil qilish yoki berilgan so‘zga ma’nodosh ravishlarni topib qo‘yish, 
so‘z birikmalari yaratish kabi ishlar o‘ta foydalidir. Masalan,
o‘quvchilarga
ishladi
fe’li berilgan bo‘lsa, unga 
mardlarcha, 
fidokorona, qahramonlarcha, alpomishlarcha, rustamchasiga 
kabi 
ravishlarni topib qo‘yib, so‘z birikmalari hosil qilishlari mumkin. 
Berilgan so‘zga ravish sinonimlar topib qo‘yish juda foydali ish 
usullaridan sanaladi. Masalan, o‘quvchiga 
keldi 
fe’li berilgan bo‘lsa, 
ular bu so‘zni 
darrov

darhol

tez

tezda

bir pasda

bir zumda

bir 
lahzada

zumda 
kabi sinonimik uya bilan bog‘lab, so‘z birikmalari 
hosil qilishlari mumkin. 
Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda ajratib va qo‘shib yoziladigan 
qo‘shma ravishlar hamda juft ravishlar imlosiga alohida e’tibor 
berishga to‘g‘ri keladi. Bu so‘zlarni alohida-alohida guruhlarga 
ajratish, har bir guruhni mustaqil davom ettirish kabi amaliy ishlar 
o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va nutqini 
rivojlantirishda o‘ta muhimdir. 
Xullas, «Ravish» so‘z turkumini o‘rganishda o‘quvchilarning so‘z 
boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish imkoniyatlari benihoya 
ko‘p. O‘qituvchi o‘rganilayotgan til hodisasining o‘ziga xos 
xususiyatlari va mavjud shart- sharoitlarni hisobga olib, ulardan o‘rinli 
va unumli foydalana olmog‘i lozim. 
O‘qituvchi «Ravish» so‘z turkumini o‘qitishda har xil qiziqarli 
ta’limiy o‘yinlardan ham unumli foydalanishi mumkin. Masalan, 
«Men holat ravishiman», «Men payt ravishiman», «Men o‘rin 
ravishiman», «Men daraja-miqdor ravishiman» singari o‘yin-
topshiriqlar shular jumlasidandir. O‘yinni tashkil etish uchun 


214
o‘quvchilarga so‘zlar tarqatiladi. O‘qituvchi ravishning qaysi bir 
ma’no turini aytsa, o‘sha guruhga kiruvchi so‘zni olgan 
o‘quvchilargina o‘rinlaridan turadilar. So‘zlarning ma’no guruhini 
to‘g‘ri belgilagan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi sanaladilar. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin