Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

o‘z 
so‘zi bilan kuchaytirib yozish, bu 
so‘z ishtirokida gap tuzish yoki matn yaratish, 
o‘z 
so‘zining ifodalab 
kelayotgan ma’nosini sharhlash orqali uni o‘zlarining nutqiy 
faoliyatlariga olib kiradilar. 
«So‘roq olmoshlari» mavzusini o‘rganishda berilgan gaplarni 
o‘qib, so‘roq ma’nosi qaysi so‘z bilan ifodalanayotganligini aniqlash, 
shu gaplarda so‘roq ifodalovchi so‘zlarni: 1) shaxs, hayvon yoki 
narsa-buyum, voqea hodisa nomlari so‘roqlari; 2) belgi-xususiyat 
so‘roqlari; 3) harakat-holat so‘roqlari kabi guruhlarga ajratib, ularni 


217
mustaqil davom ettirish, so‘roqlar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini 
qo‘yib, gaplarni ko‘chirish, istagan bir matndagi gaplarni o‘qib, har 
bir so‘zni birin-ketinlikda so‘roqlar bilan almashtirish, bu gaplarning 
ohangi va imlosi ustida ishlash mazkur mavzuni o‘rganishni ancha 
osonlashtiradi va samaradorlikni oshiradi. 
So‘roq olmoshlarini o‘rganishda -
mi 
so‘roq yuklamasining so‘roq 
olmoshli gaplarda ta’kid, so‘rash ma’nolarida ishlatilishi hamda ularda 
tinish belgilari xususida ham to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. 
Olmoshning yana bir ma’no guruhi belgilash olmoshlaridir. 
O‘quvchilar berilgan matndan 
shunday, shunaqa, muncha, shuncha 
so‘zlari ifodalagan ma’noni, qanday so‘zlarga ishora qilib 
kelayotganligini aniqlash, bunday olmoshlar ro‘yxatini tuzish, ular 
ishtirokida matn yaratish orqali bu haqda puxta bilimga ega bo‘ladilar. 
Tilimizda jamlash olmoshlari uncha ko‘p emas, o‘quvchilar 
hamma, bari, jami, butun, yalpi 
so‘zlarining ma’no va vazifasi ustida 
ishlash, bu so‘zlar yordamida gaplar tuzish singari amaliy ishlar orqali 
mazkur mavzuni o‘zlashtiradilar. 
O‘quvchilar lug‘at boyligiga belgilash, bo‘lishsizlik va gumon 
olmoshlarini olib kirish, bu so‘zlarning nutqiy faoliyatda 
qo‘llanilishini ta’minlash uchun so‘roq olmoshlarini 
har, hech 
va 
alla 
so‘zlari bilan biriktirib qo‘shma so‘zlar hosil qilish, 
hech kim, hech 
narsa, har bir, har narsa, alla kim, alla nima, alla qanday, alla 
mahal, alla qachon, allavaqt, nimanidir, kimningdir, qayerdadir, 
qachondandir, qachondir 
kabi so‘zlarning ma’nolari va qo‘llanilishi 
ustida ishlash, 
«har+ot», «hech+ot», «alla+ot» 
singari hosilalar 
lug‘atini tuzish kabi amaliy ishlardan unumli foydalanishga to‘g‘ri 
keladi. 
Olmoshlarning ma’no guruhlariga to‘xtalar ekanmiz, bu so‘z 
turkumining uslubiy imkoniyatlarini ham unutmaslik lozim. 
Chunonchi, odatda, kishilik olmoshlari: 
men, sen, u 
yakka shaxslarni 
ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun bu olmoshlar -
lar 
qo‘shimchasi bilan qo‘llanilmaydi. Ammo so‘zlovchi nutqi qaratilgan 
shaxsga hurmatsizlik bilan muomala qilganda, undan o‘zini yuqori 
tutganda ba’zan 
sen 
olmoshiga -
lar 
qo‘shimchasi qo‘shiladi. (masalan, 


218
Senlar kimlar? Senlarga maktab tashvishi begonami?
kabi). 
O‘quvchilar kishilik olmoshlari bilan tanishtirilar ekan, uning bu 
xususiyatlariga ham to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. So‘roq 
olmoshlari 
o‘rganilayotganda uning turli xil ko‘rinishlari 
(kim, nima, qanaqa, 
qanday, qaysi, qancha, qachon, necha, qayer 
kabi) o‘zaro sinonim 
sifatida ishlatilishiga oid amaliy mashqlardan foydalanish o‘rinlidir. 
Ayniqsa, berilgan gaplarda yoki matnda ajratilgan olmoshlarni uning 
ma’nodoshi bilan almashtirish (masalan, 
Sinfdoshim Mo‘tabar sizning 
kimingiz bo‘ladi?—Sinfdoshim Mo‘tabar sizning nimangiz bo‘ladi?
kabi) samarali ish usullaridan biridir. 
Sinonimlari mavjud olmoshlarni alohida ro‘yxat qilish (masalan, 
hammasi jami–barcha–bari; allakim–kimdir, allanima–nimadir, 
allaqanday–qandaydir
kabi), ular ishtirokida gap yoki matnlar 
yaratish o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda o‘ta muhimdir. 
Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda juft va takroriy olmoshlar 
ustida ishlashga ham to‘g‘ri keladi. Berilgan juft yoki takroriy 
olmoshlarni (masalan, 
shu– shu, o‘sha–o‘sha, u–bu, uni–buni, unga–
bunga, uncha–muncha, kim–kim, nima–nima, necha–necha 
va h.k.) 
qatnashtirib gaplar hosil qilish, ularning ma’nosini sharhlash bu 
mavzuni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. 
Ma’lumki, ta’lim tarbiya bilan uzviy aloqadorlikda olib boriladi. 
«Olmosh» so‘z turkumini o‘rganishda ham bu birlikka qat’iy amal 
qilinadi. O‘quvchilar kishilik olmoshlaridan biri 
siz
olmoshi bilan 
tanishtirilar ekan, bu olmoshning milliy an’analarimiz bilan bog‘liq 
holda qo‘llanilish doirasiga katta e’tibor beriladi. Chunki uzoq 
madaniy o‘tmishga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi yakka tinglovchiga ham 
«siz»
deb murojaat qiladi. Hatto katta yoshdagi kishilar ham 
o‘zlaridan kichiklarga 
«siz» 
deb murojaat etishgan. 
«Sen ham, siz ham bir og‘izdan chiqadi» xalq maqolining 
mazmuni ustida ishlash, dono xalqimizning bu go‘zal odatini 
o‘quvchilarda tarkib toptirish shu mavzuni o‘rganish bilan bog‘liq 
holda amalga oshiriladi. 
«Olmosh» so‘z turkumini o‘rganishda ta’limiy o‘yinlarning 
ahamiyati benihoya katta. Masalan, o‘quvchilarning nutqiy va fikriy 


219
taraqqiyotini ko‘zlab, olmoshning ma’no guruhlari o‘rganilgandan 
keyin uni mustahkamlash maqsadida «Ijodkor» o‘yin-topshirig‘idan
foydalansa bo‘ladi. O‘yinni tashkil etish uchun sinf o‘quvchilari 
ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh vakili ot bilan ifodalangan 
gaplarga misollar keltiradi. Ikkinchi guruh esa shu gaplardagi
egani olmosh bilan almashtirib, uni davom ettiradilar. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin