Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Birinchi davr 
– 1910–1930-yillar. Bu davrda madrasalarda 
o‘qigan bolalarga savod chiqarganlaridan keyin, qofiya (grammatika) 
va qofiyaning bo‘limlari: sarf (morfologiya) va nahv (sintaksis) 
o‘rgatilgan. Bolalarning xat-savod chiqarishi, qiroatxonligiga katta 
e’tibor berilgan. 
XX asrning boshlari shu bilan e’tiborliki, garchand hali 
maktablarda «Ona tili»ni fan sifatida o‘qitish muayyan izga 
tushmagan bo‘lsa-da, ammo o‘quvchilarga til qoidalarini o‘rgatish, 
ularning savodxonligini chiqarish va uni takomillashtirishga qaratilgan 
harakatlar kuchaydi. 1913-yilda mashhur o‘zbek ziyolisi 
M.Faxriddinovning «Turkcha qoida», 1916-yilda A.Zahiriyning 
«Imlo» o‘quv qo‘llanmalarining nashr etilishi o‘sha davr uchun katta 
tarixiy voqea edi. Bir qator jadid maktablarida 1913–1914-yillardan 
boshlab turkcha qoidalarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi; 2- , 3- , 4-o‘quv 
1
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: «Ma’naviyat», 2008, 83-bet. 


33
yillarida o‘quvchilarning savodxonligi ustida ishlash bo‘yicha maxsus 
dars mashg‘ulotlari o‘tkazila boshlandi. 1916–1917-yillarga kelib shu 
jadid maktablarida A.Zahiriyning «Imlo» kitobini o‘qitish yo‘lga 
qo‘yildi. 
Ikkinchi
davr
–1930–960-yillar. Bu davrda maktablarda ona tilini 
fan sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi; til ta’limidan maxsus o‘quv 
dasturlari va darsliklari chiqarila boshlandi. «O‘zbek tili» maktabda 
o‘qitiladigan yetakchi o‘quv predmeti sifatida o‘quv rejalaridan 
mustahkam o‘rin oldi va bu fanning o‘qitilishiga katta miqdorda soat 
ajratildi. 
Ona tilining o‘rta umumta’lim maktablarida o‘quv predmeti 
sifatida o‘qitila boshlanishi uning taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochib 
berdi. 
Uchinchi davr
–1960–1970-yillar. Bu davrga kelib, ona tilidan 
ta’lim mazmuni ancha takomillashdi va mazkur fandan yangi o‘quv 
dasturlari va darsliklari chiqarila boshlandi. Ayniqsa, maktablarning 
yuqori sinflarida ona tilining o‘qitilishiga e’tibor kuchaydi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin