274
2-guruh esa shu so‘roqlar o‘rniga so‘zlar topib qo‘yadi. Masalan,
1-guruh:
Qachon kim qanday oilada tug‘ilgan?,
2-guruh:
Alisher
Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida saroy amaldori oilasida
tug‘ilgan.
O‘yinda o‘rni bilan savol berish va javob qaytarish navbati
almashtiriladi.
«Topag‘on
» o‘yini. Bu o‘yinni partada o‘tirgan ikki o‘quvchi
yoki guruhlar o‘rtasida tashkil etish mumkin. Ma’lum bir o‘quvchi
yoki guruh muayyan so‘zni aytadi, ikkinchi o‘quvchi yoki guruh shu
so‘z yordamida undalmali gaplar hosil qiladi.
Namuna:
1-o‘quvchi (guruh): Quyosh.
2-o‘quvchi (guruh): Quyosh, nuring to‘kaver mo‘l-mo‘l (O.)
1-o‘quvchi (guruh): Bahor.
2-o‘quvchi (guruh): Bahor, ketma bizning bog‘lardan (O.)
Bir
necha gaplar aytilgach, o‘rinlar almashtiriladi.
«Undalmali so‘zni ma’nodoshi bilan almashtirish
» o‘yini. Bu
topshiriq shartiga ko‘ra o‘qituvchi sinf o‘quvchilariga berilgan
gapdagi undalmani uning ma’nodoshi bilan almashtirishni topshiradi.
O‘zaro bellashayotgan guruhlardan qaysi biri undalmaning ko‘p
ma’nodoshini ro‘yxat
qila olsa, shu guruh g‘olib bo‘ladi.
Namuna:
Ollohim, Ona yurtimga mustaqillik baxtini in’om
etganing uchun qarshingda ta’zimdaman. Xudoyim, Ona yurtimga
mustaqillik baxtini in’om etganing uchun qarshingda ta’zimdaman.
Tangrim, Ona yurtimga mustaqillik baxtini in’om etganing uchun
qarshingda ta’zimdaman.
Yaratgan egam, Ona yurtimga mustaqillik
baxtini in’om etganing uchun qarshingda ta’zimdaman.
Parvardigorim, Ona yurtimga mustaqillik baxtini in’om etganing
uchun qarshingda ta’zimdaman.
Dostları ilə paylaş: