Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tili mashg‘ulotlarida keng qo‘llaniladigan insho



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Ona tili mashg‘ulotlarida keng qo‘llaniladigan insho 
turlaridan biri rivoya-insholardir. 
Inshoning bu turi tasviriy 
inshodan shu bilan farq qiladiki, unda mazmunan bir-biriga bog‘liq 


328
voqea-hodisalar haqida fikr yuritiladi. Shuning uchun bu insho kichik 
hikoya deb ham yuritiladi. 
O‘quvchilarning bu kichik nasriy janrga bo‘lgan qiziqishini 
oshirish, uni tahlil qila olish mahoratini shakllantirish xuddi shunday 
hikoyalar yaratishga o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega. 
O‘quvchilarni rivoya
-
insholar yozishga o‘rgatish avvalo ularni 
shu nasriy janrning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishdan 
boshlanadi. 
Hikoya kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etilgan 
nasriy asar sanaladi. U uch tarkibiy qismdan iborat: a) tugun;
b) voqea-hodisaning rivojlangan nuqtasi; v) yechim. 
Tugun 
bu harakat boshlanadigan hodisalarning rivojlanishiga 
turtki bo‘ladigan voqeadir. 
Voqea
-
hodisaning rivojlangan nuqtasi ish-
harakat va kurashning keskinlashgan, avj olgan o‘rni sanaladi. 
Yechimda 
bayon qilinayotgan voqea-hodisa o‘z xotimasiga etadi. 
O‘quvchilarga hikoya yaratishni o‘rgatishning muhim shartlaridan 
biri voqea-hodisani tanlashga o‘rgatishdir. Ular ko‘pincha hayotda 
juda ko‘p voqea- hodisalarga duch kelsalar-da, ammo nimalar haqida 
yozish kerakligini bilmaydilar. Shuning uchun ko‘proq o‘quvchilar 
hayotidan olingan va rivoya

inshoga material bo‘la oladigan voqea-
hodisalar ustida ishlash maqsadga muvofiqdir. Shubhasiz, boshdan 
kechirilgan sarguzashtlar, eshitilgan, ko‘rilgan, kuzatilgan voqea-
hodisalar rivoya

insho uchun boy material bo‘lib xizmat qiladi. 
Maktabda o‘quvchilar yaratadigan hikoyalar tur jihatidan xilma-xildir. 
Ana shulardan biri 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin