Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

 
BESHINCHI BO‘LIM 
ONA TILIDAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR
 
Tayanch tushunchalar: 
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar,
doimiy va mavsumiy 
tadbirlar, to‘garak mashg‘ulotlari, savol-javob kechalari
uchrashuvlar, o‘tkir zehnlilar mushoirasi, so‘zlar olamiga sayohat, 
ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish, olimpiadalar, konferensiyalar, albom va 
devoriy gazeta chiqarish. 
Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta’limiy, 
ham tarbiyaviy maqsadlarni ko‘zlaydi. Uning ga’limiy ahamiyati 
shundaki, o‘quvchi bu jarayonda qo‘shimcha bilim, malaka va 
ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Tarbiyaviy ahamiyat esa nutq odobini 
tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni 
shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko‘rsatish, nutq 
odobini tarbiyalash singarilarda o‘z ifodasini topadi. 
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning turlari va
mazmuni.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy tadbirlarga 
ajratish mumkin. 
Doimiy tadbirlarga to‘garak mashg‘ulotlari kiritilsa, qolganlari 
vaqt-vaqti bilan o‘tkaziladigan tadbirlardir. 
To‘garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo‘lib, u 
o‘quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko‘radi. To‘garakka 
a’zo bo‘lish ixtiyoriy, ammo uning mashg‘ulotlarida ishtirok etish 
majburiydir. 
Ona tili to‘garagining a’zolari 12

15 o‘quvchidan oshmasligi 
lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo‘lsa, mashg‘ulotlarni samarali 
va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar maktabda 
parallel sinflar bo‘lmasa, to‘garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo‘lishi 
ham mumkin. 
To‘garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, «Ona tilim 

jonu dilim», «Til 

dil kaliti», «O‘zbek tili 

davlat tili» va h.k. 


343
O‘quvchilar to‘garakning maqsadi, vazifalari, yillik ish rejasi 
bilan tanishtiriladi. 
Mashg‘ulotlar 15 kunda bir marta o‘tkazilgani ma’qul. To‘garak 
ishini rejalashtirishda o‘quvchilarning qiziqishlari inobatga olinadi. 
Quyida to‘garak mashg‘ulotlaridan ikkitasini namuna sifatida 
keltiramiz: 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin