Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Savol va topshiriqlar 
 
1. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar deganda nimani tushunasiz? 
2. Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar qanday 
maqsadlarni ko‘zlaydi? 
3. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning turlari haqida gapiring. 
4. Fan to‘garaklari qanday tashkil qilinadi va unga qatnashish 
majburiymi? 
5. To‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘zingiz to‘garak 
mashg‘uloti namunasini tayyorlang. 
6. Uchrashuvlar qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unga qanday 
tayyorgarlik ko‘riladi? 
Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar 
 
1. Abdurahmonov X., Ikromova R. Qiziqarli grammatika. 
Toshkent, «O‘qituvchi», 1974. 
2. Ne’matov H., G‘ulomov A., Abdurahimova M. Qobilova B. 5-
sinfda «Ona tili» sinov darsligi bilan ishlaydigan o‘qituvchilar uchun 
metodik tavsiyalar. Toshkent, 1997. 


347
3. Qo‘chqorov A. «So‘z tarkibi» grammatik kompozitsiyasi. «Til 
va adabiyot ta’limi», 1992, 1-son, 28–31-b. 
4. Nurmatova M. Ifodali o‘qish to‘garagi. «Til va adabiyot 
ta’limi» jurnali, 1992, 1-son, 28–31-b. 
5. Jalilova M, Ne’matova G. Takrorlash mashg‘ulotlarini 
«Topqirlar bellashuvi» tarzida o‘tkazish. «Til va adabiyot ta’limi» 
jurnali, 1994, 2

3- qo‘shma son, 36–37-b. 
6. G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish metodikasi. 
Toshkent, «Universitet», 2001, 221 b. 


348
 
OLTINCHI BO‘LIM 
ONA TILI O‘QITUVCHILARINING 
К
ASBIY 
TAYYORGARLIGINI
OSHIRISH
 
Tayanch tushunchalar: 
К
asbiy tayyorgarlik, umumpedagogik yo‘nalish, xususiy - metodik 
yo‘nalish, metodbirlashma, o‘qituvchining darsga tayyorgarligi, dars 
konspekti
 
Jamiyatda ta’lim tizimi takomillashib borgan sari o‘qituvchining 
kasbiy tayyorgarligiga bo‘lgan talab ham ortib boradi. 
К
asbiy tayyorgarlik keng tushuncha bo‘lib, u o‘qituvchining 
ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy va pedagogik tayyorgarligi kabilarni o‘z 
ichiga qamrab oladi. 
К
asbiy tayyorgarlik ikki yo‘nalishda amalga 
oshiriladi: 
1. Umumpedagogik yo‘nalish; 
2. Xususiy - metodik yo‘nalish. 
Umumpedagogik yo‘nalish barcha o‘quv fanlaridan dars 
beradigan o‘qituvchilar uchun umumiy bo‘lib, maktabda ta’lim-
tarbiya sifatini oshirish, yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim-
tarbiya jarayoniga tadbiq etish bilan bog‘liq. Xususiy-metodik 
yo‘nalish bevosita «Ona tili» o‘quv fanining o‘qitilishi bilan aloqador 
bo‘lib, shu o‘quv fanining o‘qitilishini yaxshilash bilan aloqadordir.
Birinchi yo‘nalish pedagogika fanining qo‘lga kiritgan yutuqlarini 
ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llay olishda namoyon bo‘lsa, ikkinchisi 
ona tili ta’limining yangi mazmunini mukammal egallash, shu 
mazmunga muvofiq keladigan metod, vosita va usullarni tanlash 
kabilarda ko‘rinadi. 
O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki yaratuvchidir. U darsni 
o‘tmaydi, balki yaratadi. Shuning uchun o‘qituvchi doimiy ravishda 
o‘z kasbiy tayyorgarligini oshirib borishi, pedagogik hayot 
talablaridan ortda qolmasligi uchun hamisha o‘qishi, izlanishi, ijod 
qilishi lozim. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z shaxsiy 


349
kutubxonasiga ega bo‘lishi, pedagogika va metodikaga oid jurnallarni 
o‘qib borishi, maktab va maktabdan tashqari kutubxonalar bilan 
doimiy aloqada bo‘lishi talab etiladi. 
Ona tili o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligini oshirishda maktab 
metodbirlashmasining ahamiyati benihoya katta. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin