Ona tili o‘qitish metodiкasi


IV. Guruhlarda ishlash. «



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

IV. Guruhlarda ishlash. «
К
ichik guruhlarda ishlash» asosida 
yangi mavzuni tahlil qilish. 
Mazmuni: O‘quvchilar ikki guruhga 
bo‘linadilar. Birinchi guruhdagi o‘quvchilar kelishikli so‘z 


371
birikmalarini aytishadi. Ikkinchi guruh esa shu kelishikli birikmalarni 
ko‘makchili birikmalar bilan almashtirishadi. 
V. Mavzuni mustahkamlash: 
Mavzuga oid asosiy 
tushunchalarni o‘quvchilar ongiga singdirish maqsadida quyidagi 
savollar o‘rtaga tashlanadi: 
1. 
К
elishikli birikmalar bilan ko‘makchili birikmalar orasida 
qanday o‘xshashliklar bor?
2. Siz ularning vazifadoshligini qanday dalillar bilan asoslaysiz? 
3. «
К
o‘makchili birikma» va «
К
elishikli birikma» tushunchalarini 
qanday sharhlash mumkin? 
VI. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash: 
O‘quv-
chilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashi, guruhlardagi faolligi, yangi 
mavzuni mustahkamlash jarayonidagi mustaqil va erkin fikrlashlari 
kuzatiladi va baholanadi. O‘quvchilarni baholash vaqtida ularni 
keyingi darslarda yanada faolligini oshiruvchi so‘zlar bilan 
rag‘batlantiriladi.
VII

Uyga vazifa: 
К
o‘makchili va kelishikli birikmalar ishtirok 
etgan ijodiy matn yarating. Matndagi ko‘makchili va kelishikli 
birikmalar ostiga chizing.
6-sinf ona tili darsida «Aniq va mavhum otlar» mavzusini o‘tish 
bo‘yicha oldindan loyihalashtirilgan 
 
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI 
 
Mavzu:
 
Aniq va mavhum otlar
 
Maqsad va 
vazifalar
 
Maqsad:
Aniq va mavhum otlar, ularning birlik va 
ko‘plikda qo‘llanilishi haqida amaliy ko‘nikmalar hosil 
qilish; o‘quvchilarda mehnatsevarlik, o‘zaro hurmat 
fazilatlarini shakllantirish, ularni yaxshilik, sabr-toqat, 
bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarni til 
hodisalarini qiyoslash asosida xulosalar chiqarishga, 
bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish va amaliy mashqlardan 
nazariy xulosalarga borish ko‘nikmalarini shakllantirishga 


372
o‘rgatish; nutq odobini singdirish; fikrni og‘zaki va 
yozma ravishda bayon etishga o‘rgatish.
Vazifalar:
O‘quvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otish, 
ularda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni 
shakllantirish, kengaytirish;
 
didaktik o‘yinlar asosida 
mavzuga oid bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, berilgan 
topshiriqni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olishi 
hamda berilgan topshiriqlar qay darajada o‘zlash-
tirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash. 
O‘quv 
jarayonining 
mazmuni

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin