Ona tili o‘qitish metodiкasi


Mavzuni mustahkamlash: Darslik bilan ishlash



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

5.
Mavzuni mustahkamlash: Darslik bilan ishlash
Dars mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi. 312-mashq 
topshirig‘ga ko‘ra o‘quvchilar aniq va mavhum otlarga qo‘shilayotgan 
ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalariga e’tibor berib, otlarga 
ko‘plik qo‘shimchasi qanday ma’no qo‘shayotganini izohlaydilar. 
Namuna:
U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularining nomini 
bilmasalan, shu daqiqadagi holatini o 'rtoqlariga ham izohlab 
berolmas edi
. (Qamchibek Kenja).
 
Mazkur gapda
 
qalbida, tuyg‘ular, 
o‘rtoqlar
 
ot turkumiga mansub so‘zlar.
Tuyg‘ular
– mavhum ot, 
-lar
ko‘plik qo‘shimchasini olgan. Bu 
o‘rinda ko‘plik qo‘shimchasi kuchaytirish ma’nosini ifodalagan.
313-mashqda matndagi aniq va mavhum otlar aniqlanib
ma’nolari izohlanadi. 
Namuna: 
Hasad–yurakning zanglashi, qaysarlik mag‘lubiyat 
sababchisidir
. («Sharq hikmatlari»dan)
 
Mazkur hikmatda 
hasad, 
qaysarlik, mag‘lubiyat
 
kabi mavhum otlar va
yurak
aniq oti 
qo‘llangan.


376
Hikmatlar orqali o‘quvchilarga hasad, qaysarlik, yalqovlik kabi 
salbiy odatlarning zararligi dalillar asosida tushuntiriladi. Shu tarzda 
ularga
 axloqiy tarbiya
beriladi.
6. O‘quvchilar bilimini baholash:
O‘quvchilarning faolligi, uy vazifalarini to‘g‘ri va aniq bajarishi 
dars davomida berilgan savollarga javoblari inobatga olinib
baholanadi.
7. Yakuniy fikrni aytib, uyga vazifa berish:
Dars so‘ngida o‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun 
darslikdagi savol va topshiriqlar bajariladi hamda 314-mashq shartiga 
ko‘ra berilgan gaplardagi otlarni aniq va mavhum otlarga ajratish, ular 
o‘rtasidagi farqlarni izohlash

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin