Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tili o‘qitishda ilmiylik va tushunarlilik prinsipi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Ona tili o‘qitishda ilmiylik va tushunarlilik prinsipi. 
Ta’limning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarli bo‘lishi prinsiplari 
o‘zaro bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan didaktik kategoriyalardir. 
Ta’limning ilmiyligi prinsipi o‘quv materialini hozirgi zamon 
o‘zbek tilshunosligi fani yutuqlari asosida bayon qilishni taqozo etsa, 
ta’limning bolalar uchun tushunarli bo‘lishi prinsipi o‘quv 
materiallarini bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga, ularning 
umumiy taraqqiyoti hamda bilish imkoniyatlariga moslab bayon 
qilishni talab etadi. Ta’lim jarayoni mantiqi bu prinsiplarni o‘zaro 
aloqadorlikda qarashni zaruriyat qilib qo‘yadi. Mazkur prinsipga ko‘ra 


51
ona tilidan har bir sinfda o‘rganiladigan material hajm hamda mazmun 
jihatidan bir-biridan farq qiladi. 
Maktabda ona tili fani o‘zbek tilshunosligida qo‘lga kiritilgan 
yutuqlarga tayanadi. Bu prinsip o‘quvchilarni hozirgi o‘zbek 
tilshunosligida qat’iy hal etilgan, ilmiy asoslangan bilimlar bilan 
qurollantirishni talab etadi. 
Shubhasiz, o‘zbek tilshunosligida mavjud bo‘lgan barcha 
bilimlarni bolaga berishning iloji yo‘q. Biz bolaga, asosan, o‘zbek 
adabiy tilining boy imkoniyatlaridan og‘zaki va yozma nutqda 
bemalol foydalanish, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri o‘qish, to‘g‘ri fikrlash va 
to‘g‘ri so‘zlash uchun unga zarur bo‘lgan bilimlarnigina berish 
imkoniyatiga egamiz, xolos. Demak, maktab ona tili kursi 
o‘quvchilarni yuqorida tilga olingan malakalar bo‘yicha o‘ta zaruriy 
bilimlar tizimi bilan qurollantiradi. 
Ilmiylik prinsipini tushunarlilikdan ajratib bo‘lmaydi. Bu ikki 
prinsip bir-birini to‘ldiradigan va dars samaradorligini ta’minlaydigan 
yagona prinsip sanaladi. Sababi, ilmiy bilimlar tushunarli bo‘lmasa, 
o‘quvchi uni o‘zlashtira olmaydi. 
Maktab ona tili darsliklarida ilmiylik va tushunarlilikni ta’minlash 
uchun quyidagilarni hisobga olish lozim: 

fanda ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan, ilmiy 
jihatdan asoslangan maktab atamalarini ishlatish; har bir tushuncha va 
atamaning ma’nosini atroflicha ochish; ularni bolalarning puxta 
o‘zlashtirishlarini ta’minlash uchun yetarli miqdorda asosli materiallar 
bilan tahlil qilish; 

o‘rganilayotgan o‘quv materialining oldin o‘rganilgan mavzular 
bilan bog‘liqligiga amal qilish; bolalarni keyingi mavzularni 
o‘zlashtirishga tayyorlash; til asoslari, tushunchalarini o‘zaro 
chog‘ishtirib o‘rganish; 

ona tili ta’limi mazmunida grammatizmga yo‘l qo‘ymaslik, 
o‘quv materialini bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlashga, ijodiy fikr 
mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki hamda yozma 
shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va 
rivojlantirishga bo‘ysundirish; 


52

o‘quv topshiriqlarini o‘quvchilarning ruhiy (psixologik) 
xususiyatlari va imkoniyatlariga mo‘ljallab tanlash. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin