Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo‘l bilan bayon



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo‘l bilan bayon 
qilish metodi. 
Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat 
sermahsul faoliyatdir. O‘quvchi til hodisalarini tayyor holda 
o‘zlashtirmay, uni izlasa, aktiv ijodiy faoliyat ko‘rsatsa, o‘zlashtirish 
jarayoni ancha samarali bo‘ladi. Muammoli ta’lim ana shunday 
izlanish va ijodiy faoliyat ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. 
Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama 
rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. 
«Muammoli ta’lim» 
tushunchasi pedagogik adabiyotlarda 
garchand keyingi yillarda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo bu 
izlanuvchanlikka asoslangan g‘oya ming yildan ortiqroq tarixga ega. 
Sharq mutafakkirlari bilish izlanish mahsuli ekanligini alohida qayd 
qilgan edilar. O‘rta asrning buyuk donishmandi Abu Ali ibn Sino 
(980–1037) o‘zining «Donishnoma» asarida qiyinchiliklarni yengish 
orqali bilimlarni egallashning afzalligini ko‘rsatgan edi. 
Umar Xayyom (1042–1112) «Matematik traktatlar»ida bilish 
uchun fikrlash zarurligiga, qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun 
o‘ylash kerakligiga da’vat etadi. Al -Tusiy (1201–1274) esa bilimlarni 
puxta egallash uchun mustaqil izlanishning zarurligini alohida qayd 
qiladi. Bu g‘oya keyinchalik evristik ta’lim nazariyasining yuzaga 
kelishiga asos bo‘ldi. XIX asrning 70-yillarida Rossiyada yashagan bir 
guruh tilshunos olimlar (S.P.Baltalon, M.A.Ribnikova) evristik ta’lim 
nazariyasini ko‘tarib chiqib, o‘quvchilarni mustaqil ishlatish yo‘li 
bilan ularni faollashtirishga erishish mumkinligini asoslab berdilar. 
O‘quvchilarni izlanishga undash suhbat asosida amalga oshiriladi. 
Har qanday izlanishga asoslangan suhbat jarayonida muammoli 
vaziyat yaratish ehtiyoji bor. 
Bilimlarni muammoli yo‘l bilan bayon qilish o‘quvchilarning 
ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishga, noma’lumni izlab topish 


75
jarayonida o‘zligini namoyon etishga imkon beradi. Muammoli 
ta’limda o‘quvchilarning faoliyati shunday tashkil etiladiki, ularda 
o‘rganilayotgan bilimlarga ehtiyoj tug‘diriladi. Bu metod o‘rganilishi 
ko‘zda tutilgan til hodisasini o‘quvchidan pinhon saqlaydi; unda 
bilishga ehtiyoj, zaruriyat tug‘iladi. Muammoli ta’lim o‘quvchilarning 
mustaqil ijodiy fikrlashini o‘stirishga qaratilgan. Bunday ta’lim esa 
rivojlantiruvchi ta’limdir. 
Muammoli o‘qitish muammo yaratish (muammoni vujudga 
keltirish) bilan boshlanadi. 
«Muammoli o‘qitish,–deb yozadi A. M. Matyushkin,–ta’limning 
boshqa tizimlari va metodlariga tamoman zid emas. Uning 
xususiyatlari ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida–yangi bilimlarni 
o‘rganish jarayonida–yangicha faoliyat ko‘rsatish shartlari hamda 
usullarini o‘rganish bilan xarakterlanadi». 
Muammoli darslarni quyidagi bosqichlar asosida tashkil etish 
mumkin: 
– darsning boshlanishi. Bu bosqichda o‘quvchilarning o‘quv 
materialiga qiziqishlarini oshirishga oid ishlar qilinadi. O‘quvchilar 
oldiga mavzuga doir muammolar qo‘yiladi. 
– mavzu bo‘yicha qo‘yilgan muammolar ustida o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning birgalikda ishlashi; 
– o‘rganilgan bilimlarni qo‘llab, topshiriqlarni bajarish;
– mavzu yuzasidan yakunlovchi xulosa chiqarish

Ona tili ta’limi jarayonida muammoli vaziyat quyidagi hollarda 
yuzaga keladi: 

noma’lumni izlab topish, qiyinchilikni bartaraf etish zaruriyati 
tug‘ilganda; 

ona tilidan egallangan bilimlarni yangi sharoitda qo‘llash 
ehtiyoji yuzaga kelganda; 

muammoli topshiriq bilan uni bajarish usuli o‘rtasida 
nomutanosiblik vujudga kelganda. 
Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi 
usullaridan foydalanish mumkin: 


76

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin